Relyativistik yulduzlarning akkretsiya jarayoni, ular nurlanish energiyasi manbai

Relyativistik yulduzlarning akkretsiya jarayoni, ular nurlanish energiyasi manbai

O'quvchilarga / Astronomiya
Relyativistik yulduzlarning akkretsiya jarayoni, ular nurlanish energiyasi manbai - rasmi

Material tavsifi

Relyativistik yulduzlarning akkretsiya jarayoni, ular nurlanish energiyasi manbai Agar boshlang'ich paytda uzoqda tinch turgan jismga yerga erkin tushish imkoni berilsa, u yer bilan to'qnashishda gravitatsion maydonda tezlashishi natijasida olgan tezligiga ega bo'lib, bu tezlik ikkinchi kosmik tezlik - ga teng bo'ladi. m massali jismni yer atmosferasiga kirishida va yer sirti bilan to'qnashishida, uning boshlang'ich potensial (gravitatsion) energiyasiga teng bo'lgan kinetic energiyasi - issiqlikka aylanadi. Masalan meteorit tushganida ana shunday bo'ladi. Endi muhitni neytron yulduziga tushishini tasavvur etaylik. Tortilish muhitni yorug'lik tezligini birdan uch qismiga teng tezlik (100 kms) gacha tezlashtiradi. Natijada bunday muhitni neytron yulduzi sirti bilan to'qnashishida zarrachalar tinchlikdagi energiyasi - ni 10-15% i ajraladi (bu energiya yadro reaksiyalarida ajraladigan energiyadan o'nlab marotaba ortiqdir). Muhitni obyekt yuziga bunday tushishiga uning akkretsiyasi deyiladi. Akkretsiya tufayli gravitatsion energiya ajraladi va muhit tushayotgan obyekt massasi oshadi. Akkretsiya tufayli neytron yulduzining sirt temperaturasi million va o'n million gradusgacha ko'tariladi. Bunday yuqori temperatralarida neytron yulduzi kvantlarining xarakterli energiyasi 1-10 kev bo'lgan rentgen nurlanishini chiqarishi kerak. Akkretsiyalanuvchi muhitning yetarli miqdorigacha neytron yulduzi rentgen nurlanishi chiqarib turadi, nazariyaning ko'rsatishicha neytron yulduzining massasi kritik massadan oshgandan keyin u qora tuynukka aylanadi. Qora tuynuklar ham muhitni unga akkretsiya tufayli nurlanishi mumkinmi? Yuqorida qays etilgan ediki, qora tuynuklar juda kuchli gravitatsion maydonga ega bo'lib, ularga tushuvchi muhitni yuqori energiyagacha tezlashtirishi mumkin. Lekin qora tuynuklarni ularga muhit tushganda energiya ajraladigan yuzasi yo'q. Muhitni sferik-simmetrik (radial) tushganida muhit gravitatsion radius ostiga ketib, o'zi bilan kinetic energiyasini olib ketadi. Lekin muhit radial bo'lmagan holda tushayotgan bo'lsa hammasi boshqacha bo'lishi mumkin, tezlashuvchi zarralar o'zaro to'qnashishi mumkin (bu gazli bulutlarga nisbatan harakat qilayotgan qora tuynuk uchun xarakterlidir). 1964 yilda rus fizigi L.B.Zeldovich va AQSHlik astrofizik Y.Solpiterlarni ko'rsatishicha, gaz bulutlarida qora tuynuklarni tovush tezligidan katta tezlik bilan harakat qilganlarida hosil bo'luvchi zarbali to'lqinlarda, o'zaro ta'sir etuvchi zarralar tinchlikdagi massasini 10-20%i ajralishi mumkin. Zarbali to'lqinda zarralar gravitatsion radius yaqinida qancha yaqin joylashgan bo'lsa, shuncha katta tezlikka ega bo'lib, ularni o'zaro to'qnashishida shuncha katta energiya ajraladi. Zarbali to'lqinlardagi muhit o'n gravitatsion radius masofada o'n million gradusgacha qiziydi. Gravitatsion radius yaqinida esa gravitatsion maydon shu darajada kattaki, zarralarning o'zaro ta'sirida hosil bo'luvhci nurlanish juda qizarib chiqadi yoki umuman qora tuynuk tomonidan yutiladi. Lekin 2-3 gravitatsion radiusdan uzoqda o'zaro ta'sir etuvchi zarralar energiyasi hali katta va gravitatsion maydon chiquvchi nurlanish energiyasiga yetarlicha ta'sir ko'rsatmaydi. Shunday qilib neytron yulduzlari ham, qora tuynuklar ham ularga muhit akkretsiya bo'layotganda effektiv nurlanish manbai bo'la oladi. Tushunarliki relyativistik manbaga qancha ko'p muhit akkretsiyalansa, ularning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.77 KB
Ko'rishlar soni 152 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.77 KB
Ko'rishlar soni 152 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga