Rentgen manbalarini umumiy xarakteristikalari

Rentgen manbalarini umumiy xarakteristikalari

O'quvchilarga / Astronomiya
Rentgen manbalarini umumiy xarakteristikalari - rasmi

Material tavsifi

Rentgen manbalarini umumiy xarakteristikalari Yerning sun'iy yo'ldoshida o'rnatilgan rentgen teleskopi yordamida 1-10 kev energiya intervalida osmonni seyarli barcha joylari tekshirilgan. Rentgen nurlanishini 160 dan ortiq diskret manbalari borligi aniqlangan. 40 dan ziyod manba tashqi galaktikalarda yoki galaktikalar to'dalarida joylashganligi aniqlangan. Yarmidan ko'p manbalar bizning galaktikamizda joylashgan bo'lib, ularning konsentratsiyasi galaktika tekisligi tomon oshib borib, ularning yorqinligi ham oshib boradi. Galaktik manbalarning o'nga yaqinlari o'ta yangi portlashlar qoldiqlari bo'lib, koinotda bir necha gradusli oblastni egallaydi. Ularda yulduzlararo million gradusgacha isigan gaz nurlaydi, bunday gazlar bulutlari o'ta yangi portlash natijasida hosil bo'lgan. O'ta yangi portlash qoldiqlari yana radio va optik diapozonda nurlab, rentgen nurlanishi oblastida uning torqinligi yanada katta. Telets va Parus turkumidagi yana ikkita manba yosh radiopulsardir. Ular shu darajada energiyaliki, nafaqat radio va optik diapozonda balki rentgen oblastida ham nurlaydi. Boshqa galaktik manbalar qo'shaloq sistemadagi relyativistik muhit akkretsiyasi tufayli nurlaydigan yulduzlar bo'lishi mumkin. Ulardan o'nga yaqin optik yulduzlar bilan otojdestvlyat qilingan bo'lib, ularda rentgen tutilishlari kuzatilib, ularning xususiyatlari yuqorida qarab chiqilgan yulduzlar kabi bo'lishi mumkin. Rentgen manbalari joylashgan yulduzlar xarakterli masofasi birnecha kiloparsekga (eng kichigi 500 Pc dan yaqin) teng bo'lishi mumkin. Bundan ularning galaktikadagi soni kichik ekanligi kelib chiqadi. Bunday kartina normal yulduzlarda kuzatiladigan kartinadan radikal farq qiladi. Bizga yaqin joylashgan yulduzlar bir necha parsek bo'lgan masofada joylashgan bo'lib, 100 Pc radiusli hajmda allaqachon minglab yulduzlar joylashgan. Galaktikaning nisbatan uzoq yulduzlarni yorug'ligi somon yo'li polosasiga oqadi. Optik diapozonda kuzatilishi rentgen sistemalarini yorqinligini ikkita muhim xususiyatini aniqladi. Bitta sistemasini optik o'zgaruvchanligi, optik ko'rinuvchi komponentasini ellipsoidal ekanligi bilan tushuntiriladi, ikkinchisiniki esa nurni qaytarish effekti (normal yulduzi atmosferasida rentgen nurlanishi oqimini optik nurlanishga spetsifik qayta ishlashi) bilan tushuntiriladi. Zich qo'shaloq sistemalarda komponentalarni prilivli ta'sirida katta optik yulduzni formasi o'zgargan bo'ladi, yulduz har ikki komponenta og'irlik markazini tutashtiruvchi chiziq yo'nalishi bo'yicha cho'zilgan bo'lib, nok shaklini eslatadi. Bu effect yerdagi dengiz priliv va otlivlariga o'xshaydi, lekin oxirgi holatda qo'z g'atuvchi jismlar (quyosh va oy) gacha masofa katta bo'lganligi sababli (yer radiusida katta) effect uncha katta emas. Zich qo'shaloq sistemada komponentalar orasidagi masofa yulduz radiusidan 2-3 marotaba katta bo'lganida, prilivli kuchlar bir tomondan cho'zsa boshqa yo'nalishda qisadi. Natijada yulduz yuzi undan qaysi tomondan kuzatilayotganiga bog'liq bo'ladi. Kuzatuvchini ko'rish nuri chizig'i komponentalarni og'irlik markazini tutashtiruvchi chiziqqa parallel bo'lganda, yulduzning ko'rinma o'lchami biroz kichik bo'lib, to'rtdan bir aylanishdan keyin biroz katta bo'ladi. Tushunarliki bu holda yorqinlik o'zgarish davrini o'zgarishlari sistemani aylanish to'la davridan ikki marotaba kichik bo'ladi. Agar ko'rish nuri orbita tekisligi bilan kichik burchak hosil qilgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 39.06 KB
Ko'rishlar soni 166 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 39.06 KB
Ko'rishlar soni 166 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga