Sayyoralar ko'rinma sirtmoqsimon harakati

Sayyoralar ko'rinma sirtmoqsimon harakati

O'quvchilarga / Astronomiya
Sayyoralar ko'rinma sirtmoqsimon harakati - rasmi

Material tavsifi

Sayyoralar ko'rinma sirtmoqsimon harakati Sayyoralar o'zlarining Quyosh atrofidagi harakatlarida Quyoshga nisbatan turli vaziyatlarni egallashlarini ko'rib chiqqan edik. Keling Yer Q Quyoshga nisbatan rasmdagi vaziyatda bo'lsin. Bu paytda ichki yoki tashqi sayyoralar, orbitasining istalgan joyida bo'lishi mumkin. Agar ichki sayyora masalan, Venera V1, V2, V3, V4 vaziyatlarida bo'lsa V1 va V3, uning mos ravishda quyi va yuqori Quyosh bilan birlashishi, V4 - sharqiy elongatsiyasi, V2 - g'arbiy elongatsiyasidir. Tashqi sayyora esa masalan, Mars (M), Yerdan M4 - sharqiy, M2 - g'arbiy kvadraturalarda, M3 - qo'shilishi, M1 - qarama-qarshi turish vaziyatlarida turadi. Ichki sayyora Yerga quyi qo'shilishi vaziyatida eng yaqin va yuqori qo'shilishida eng uzoq masofada bo'ladi. Tashqi sayyoralar esa M1 qarama-qarshi tomonda bo'lganida Yerga yaqin masofaga kelsa qo'shilishi M3 da uzoq masofada bo'ladi. Sayyoralarning sirtmoqsimon harakatini tushuntirish asosida Yer va sayyora orbita bo'ylab chiziqli harakatlarini solishtirish yotadi. Yuqori sayyora qo'shilib, vaziyati yaqinida M3 bo'lganida (Rasm 13-a) uning tezligi Yerning tezligiga qarama-qarshi bo'ladi. Yerdan uning tezligi kattalashganday tuyuladi qarama-qarshi turish paytida sayyoraning tezligi qarama-qarshi tomonga qaratilgandir. Lekin Yerning tezligi sayyora tezligidan katta bo'lganligi sababli sayyora teskari tomon sharqdan g'arbga tomon harakat qilganday bo'lib ko'rinadi. Xuddi shunday analiz (Rasm 13-b) nima uchun quyi sayyoralar pastki qo'shilishi paytida (V1) teskari harakat qilib, yuqori qo'shilishi paytida esa (V2) to'g'ri harakat qilishni ko'rsatadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 705.26 KB
Ko'rishlar soni 207 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 705.26 KB
Ko'rishlar soni 207 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga