Sayyoralarning orbitalarini aniqlovchi elementlar

Sayyoralarning orbitalarini aniqlovchi elementlar

O'quvchilarga / Astronomiya
Sayyoralarning orbitalarini aniqlovchi elementlar - rasmi

Material tavsifi

Sayyoralarning orbitalarini aniqlovchi elementlar Sayyoraning harakati to'la aniqlangan bo'ladi, agar uning trayektoriyasi joylashgan tekislik, orbita formasi va o'lchamlari orbitaning tekislikdagi oriyentirovkasi hamda sayyoraning orbita biror joyida bo'lish vaqti ma'lum bo'lsa. Sayyora orbitasini aniqlovchi kattaliklarga orbita elementlari deyiladi. Sayyora orbitasini o'rnini aniqlash uchun asosiy tekislik sifatida ekliptika tekisligi olinadi. Sayyora orbitasi ekliptika tekisligi bilan ikki nuqtada kesishadi bu nuqtalarga tugunlar deyiladi. Sayyora orbitasi bo'ylab janubiy qutbdan uzoqlashib ekliptikaning kesib o'tish tuguniga chiqish tuguni Janubiy qutbga yaqinlashish tuguniga botish tuguni deyiladi. Sayyoraning orbitasi 6 ta element bilan aniqlanadi: 1. Orbita tekisligining ekliptika tekisligiga nisbatan qiyalik burchagi, 0 dan 180 gacha o'zgaradi. bo'lsa, sayyora Quyosh atrofida Yer bilan bir xil yunalishida aylanayotgan bo'ladi (to'g'ri harakat). bo'lganda esa qarama-qarshi yo'nalishda harakat kiladi (teskari harakat). 2. Chiqish tugunining geliosentrik uzunlamasi ya'ni Quyosh markazidan chiqish tuguni tomon va bahorgi tengkunlik nuqtasi tomon yunalishlar orasidagi Ω burchak. Chiqish tugunining uzunlamasi 0 dan 180° gacha o'zgaradi. i va Ω burchaklar orbita tekisligini fazodagi o'rnini aniqlaydi. 3. Orbitaning perigeliy nuqtasini tugundan burchak uzoqligi , ya'ni Quyosh markazidan perigeliy va chiqish tuguni tomon yunalishlar orasidagi burchak ga 0 dan 360° gacha o'zgaradi. Perigeliyning burchak uzoqligi orbitaning tekislikdagi o'rnini aniqlaydi. 4. Elliptik orbitaning katta yarim o'qi a. Bu element bir qiymatli siderik davr T-ni aniqlaydi. Ko'p hollarda a bilan element sifatida yana o'rtacha sutkali harakat burchak tezligi beriladi. 5. Orbita ekssentrisiteti - bunda a va b orbitaning yarim o'qlari. Katta yarim o'q a va ekssentrisitet e orbita shaklini va o'lchamini aniqlaydi. 6. Sayyoraning perigeliydan o'tish vaqti t0 yoki sayyoraning orbita biror joyida bo'lish vaqti t. Sayyoraning perigeliy nuqtasidan o'tish vaqti t0 -ni va boshqa orbita elementlarni bilib sayyorani orbita tekisligidagi joyini istalgan t vaqt uchun aniqlash mumkin. Sayyoraning orbitasidagi o'rni radius vektor r va haqiqiy anomaliya Ө bilan beriladi. Haqiqiy anomaliya deb PSR burchakga aytiladi, bu burchak Quyoshdan perigeliyga o'tkazilgan yunalishi va r sayera radius vektori orasidagi burchagidir. Radius vektor r va haqiqiy anomaliya Ө quyidagi formulalardan topiladi: (9.1) (9.2) bunda Ye= ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 774.84 KB
Ko'rishlar soni 191 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 774.84 KB
Ko'rishlar soni 191 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga