Tashqi gallaktikalar. Gallaktikalarning sinflari va spektrlari

Tashqi gallaktikalar. Gallaktikalarning sinflari va spektrlari

O'quvchilarga / Astronomiya
Tashqi gallaktikalar. Gallaktikalarning sinflari va spektrlari - rasmi

Material tavsifi

Tashqi gallaktikalar, Gallaktikalarning sinflari va spektrlari. Gallaktikalarning koinotda taqsimlanishi Reja: Tashqi gallaktikalar, Gallaktikalarning sinflari va spektrlari. Radiogallaktikalar. Kvazarlar. Gallaktikalarning koinotda taqsimlanishi O'quvchi bilish kerak: Tashqi gallaktikalar va ularning tuzilishi. Gallaktikalarning sinflari va spektrlari. Radiogallaktikalar, ularning joylashishi. Kvazarlar haqida. Gallaktikalarning koinotda taqsimlanishi haqida hushinchalar. Olam tuzilishi va evolyutsiyasi haqida tushinchalar. Mavzuning bayoni: Bizning gallaktikamiz chegarasidan tashqarida yotuvchi gallaktikalar tashqi gallaktikalar deyiladi. Ulakan tashqi gallaktikalardan biri Androme'da yulduz turkumida proyeksiyalanib ko'rinadi va shu yulduz turkumining nomi bilan Androme'da galaktikasi (ba'zan Androme'da tumanligi)deb yuritiladi. Androme'da tumanligi bizdan 2 million yorug'lik yiliga teng masofada yotadi. Havo tiniq bo'lgan tog'lik rayonlarda tunda uni oddiy ko'z bilan ko'rsa bo'ladi. U osmonda xira tuman dog' shaklida ko'rinadi. 1925-yilda astronom E.Xabbl gallaktikalarning tashqi ko'rinishiga ko'ra, quyidagi uchta sinfga bo'lishni taklif etdi: 1. Elliptik gallaktikalar. 2. Spiral gallaktikalar. 3. Noto'g'ri gallaktikalar. 54-rasm. Elliptik galaktika 55-rasm. Noto'g'ri galaktika 56-rasm. Spiral galaktika Yuqorida ko'rib o'tganimiz Androme'da va bizning gallaktikamiz spiral gallaktikalarning tipik vakillaridan hisobladi. Yulduzlarning Galaktikadagi harakati. Qadim zamonlarda yulduzlarni «qo'zg'almas» deb hisoblaganlar, bu tasodifiy emas. Faqat XVII asrga kelib, Siriusning vaziyati ustida, bir necha o'n yil oralatib o'tqazilgan aniq o'lchashlar o'zaro taqqoslangandan keyingina uning boshqa yulduzlarga nisbatan juda sekin siljishi ma'lum bo'ldi. Yulduzning xususiy harakati μ deb, uning olisdagi xira yulduzlarga nisbatan bir yil ichida osmondagi burchak siljishi kattaligiga aytiladi. U yiliga yoy sekundining ulushlari ko'rinishida ifodalandi. Faqat Barnard yulduzigina yiliga 10li yoy bosib o'tadi, bu 200 yilda 0,50 ni yoki Oyninng ko'rinma diametriga teng kattalikni tashkil etadi. Shu sababli Barnard yulduzi uchar yulduz deyiladi. Hozirgi vaqtda yulduzlarning xususiy xarakterlarini, osmonning aniq bir uchastkasining ma'lum bir teleskopda olingan fotosuratlarni o'zaro solishtirib aniqlanadi. Yulduz harakatlanayotgani sababli, uning vaziyati kuzatish vaqti ichida olis yulduzlarga nisbatan bir oz o'zgaradi. Yulduzning fotosuratlaridagi siljishini maxsus mikroskoplar yordamida o'lchanadi. Bunday siljish hamma yulduzlar uchun ham yaxshi ko'rinmay, uni faqat nisbatan yaqin yulduzlar uchungina aniqlash mumkin. Bordi-yu, yulduzgacha bo'lgan masofa noma'lum bo'lsa, u holda yulduzning xususiy harakati uning haqiqiy tezligi haqida to'la ma'lumot bermaydi. Ba'zan yulduzlarning bir yilda o'tgan yo'llari har xil, lekin ularga mos keladigan xususiy harakatlar esa bir xil bo'lishi mumkin. Yulduzning fazodagi haqiqiy tezligini ikkita komponentga - biri ko'rish nuri bo'ylab yo'nalgan va ikkinchisi unga perpendikulyar bo'lgan - tezlik vektorlari yig'indisisi deb qarash mumkin. Ulardan birinchi komponenta - nuriy tezlikni, ikkinchisi - tangensial tezlikni ifodalaydi. Yulduzning xususiy harakati, faqat uning tangensial tezligi orqali aniqlanib, nuriy tezlikka bog'liq bo'lmaydi. Tangensial tezlik ni sekundaga kilometrlarda (kms) hisoblash uchun yiliga radianlarda ifodalangan ni, kilometrlarda ifodalangan yulduzgacha masofa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 45.77 KB
Ko'rishlar soni 314 marta
Ko'chirishlar soni 49 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 45.77 KB
Ko'rishlar soni 314 marta
Ko'chirishlar soni 49 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga