Tortilish. Asosiy iboralar: tortilish, , masofa, gravitasiya, davr, katta yarim o'q. Osmon yoritgichlarining harakat qonunlari ularning o'zaro butun olam tortilish qonuniga asosan ta'sirlarini natijasidir. Massalari m1 va m2 va ular orasidagi masofa r bo'lgan nuqtaviy jismlar o'zaro quyidagi formula asosida aniqlanuvchi kuch bilan tortiladilar. bunda f - koeffisiyentga gravitasion yoki tortilish koeffisiyenti deyiladi. SGC birliklar sistemasida f=6,67310-8 - ga tengdir. Agar massa birligi sifatida Quyosh massasi, uzunlik birligi sifatida Yer orbitasining katta yarim o'qini, vaqt birligi sifatida o'rtacha Quyosh sutkasi olinsa, u holda - ning qiymatiga Gauss doimiysi deyiladi k=0,01720210158. M massali jism undan r - masofadagi m - massali jismga ko'rsatadigan tezlanishi quyidagicha bo'ladi. Agar kosmik jismlarni zichligi markaziga qarab oshib boruvchi shar shaklida tasavvur etsak, u holda ular yuzidagi nuqtalarni xuddi butun massasi markazida joylashgan jismdek tortishadi. Kepler o'zining qonunlarini kuzatishdan topgan edi. Uning 3 - chi qonuni butun olam tortilish qonunidan foydalangan holda yanada aniqroq topiladi. bunda M - markaziy jismning massasi, m va m1 esa uning atrofida T va T1 davrlar bilan aylanuvchi jismlar massalari bo'lib, ularning orbitalarini katta yarim o'qlari mos ravishda a va a1 - ga tengdir. Oxirgi tenglik a, T, m va M birinchi juft jismlarga (masalan, Quyosh va Yer) va a1, T1, M, m1 ikkinchi jism juftlariga (masalan, Yupiter va uning yo'ldoshiga) mos kelganda ham o'rinli bo'ladi. Oxirgi tenglikdan foydalanib berilgan jismning massasini Yer massasiga nisbatan yoki Quyosh massasiga nisbatan topish mumkin. Buning uchun Oyning Yer yaqinidagi harakati (yoki Yerning Quyosh yaqinidagi harakati - ikkinchi holda), yo'ldoshning massasi aniqlanadigan sayyora yaqinidagi harakati bilan solishtiriladi va bunda yo'ldoshlarning massasi markaziy jism markaziga ko'ra hisobga olinmaydi. U holda massasi aniqlanadigan sayyora massasi Ms quyidagi formula orqali topiladi. bunda T1 va a1 mos ravishda sayyora yo'ldoshini aylanish davri va sayyoradan masofasi. Agar M - Yer massasi bo'lsa, u holda T va a Oyga, agar M - Quyosh massasi bo'lsa, T va a, Yerga taalluqlidir. Agar sayyoraning (yoki uning yo'ldoshini) orbitasi aylana shaklida deb olish mumkin bo'lsa, u holda unga ta'sir etuvchi tortish kuchining tezlanishi markazga intilma (yoki qochma) tezlanish 2r - ga ( - burchak tezlik, r - orbita radiusi) teng bo'ladi. Massasi m bo'lgan jismni markaziy jismdan r masofada, katta yarim o'qi a - ga teng bo'lgan orbita bo'ylab harakat tezligi katta aniqlik bilan quyidagi formula yordamida hisoblanadi. bunda M - markaziy jism massasi. m ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 08:41:12
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
44.49 KB
Ko'rishlar soni
139 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:07
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Feb 2023 [ 08:41 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
44.49 KB
Ko'rishlar soni
139 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:07 ]
Arxiv ichida: docx