Tutiluvchi o'zgaruvchan yulduzlar

Tutiluvchi o'zgaruvchan yulduzlar

O'quvchilarga / Astronomiya
Tutiluvchi o'zgaruvchan yulduzlar - rasmi

Material tavsifi

Tutiluvchi o'zgaruvchan yulduzlar Teleskopda ajratib ko'rish mumkin bo'lmagan ko'rinma yulduz kattaligi yerdagi kuzatuvchi uchun, bir komponentasi ikkinchisini davriy ravishda tutganligi sababli o'zgaruvchan yulduzlarga, tutiluvchi o'zgaruvchan yulduzlar deyiladi. Bunda yorqinligi katta bo'lgan yulduzga asosiy, yorqinligi kichik bo'lgan yulduzga yo'ldosh yulduz deyiladi.Tutiluvchi o'zgaruvchi yulduzga misol β Perseyni va β Lirani ko'rsatish mumkin. Asosiy yulduzni yo'ldosh yulduz tomonidan va aksincha, yo'ldoshni asosiy yulduz tomonidan tutilganligi sababli, sistemani yig'indi ko'rinma yulduz kattaligi davriy ravishda o'zgaradi. Yulduz nurlanishi oqimini vaqtga bog'liq ravishda o'zgarishini ko'rsatuvchi chiziqga yorqinlik chizig'i deyiladi. Yulduz maksimal ko'rima yulduz kattaligiga ega bo'lgan vaqt momentiga minimumlar epoxasi deyiladi. Minimum epoxasida va maksimum epoxasida yulduz kattaliklari farqiga, amplituda va ketma-ket keluvchi maksimumlar yoki minimumlar orasida ketgan vaqt davomiyligiga o'zgaruvchanlik davri deyiladi. Masalan, β Perseyning o'zgaruvchanlik davri 2k20h49m - ga teng bo'lsa, β Liraning davri 12k21h48m - ga tengdir. O'zgaruvchi tutiluvchi yulduzning yorqinlik chizig'i xarakteriga ko'ra, bitta yulduzning ikkinchisiga ko'ra orbita elementlarini komponentalarini nisbiy o'lchamlarini va ba'zi hollarda ularni formalarini aniqlash mumkin. Kuzatishlar ko'rsatadiki, tutilish chiziqlarida ikkita minimum chuqur yo'ldoshni asosiy yulduzni tutishiga mos keluvchi va kichikroq yo'ldoshni asosiy yulduz tomonidan tutilishi natijasida kuzatuvchi minimum mavjud ekanligini ko'rish mumkin. Yorqinlik chizig'ini xususiyatlariga ko'ra o'zgaruvchi tutiluvchi yulduzlar komponentalari to'g'risida quyidagi ma'lumotlarni olish mumkin: Tutilish xarakteri (qisman, to'la yoki markaziy) to'g'risida ma'lumot olish mumkin. Tutilish xarakteri qiyalik i va yulduzlarni o'lchami bilan aniqlanadi. i=90º bo'lsa, tutilish markaziy bo'ladi. Bitta yulduzni diski ikkinchi yulduz diski tomonidan to'la to'sganda to'la tutilish yuz beradi. Minimumlarni davomiyligiga ko'ra komponentalarni R1 va R2 radiuslari aniqlanadi. R1 va R2 orbita katta yarim o'qi birligida topiladi, chunki tutilish davomiyligi yulduzlarni diametriga proportsionaldir. Agar tutilish to'la bo'lsa, u holda minimumlar balandligining nisbatiga ko'ra yorqinliklarni nisbatini topish mumkin bo'lsa, radiuslarning ma'lum qiymatlari uchun komponentalar effektiv temperaturalarini nisbatini topish mumkin. Asosiy minimum o'rtasidan ikkilamchi minimum o'rtasigacha bo'lgan vaqt davomiyligi va ikkilamchi minimum o'rtasidan asosiy minimum o'rtasigacha vaqt davomiyligi orbita ekssentrisiteti e periastr uzunlamasi ω ga bog'liq bo'ladi. Ikkilamchi minimum hosil bo'lish fazasi quyidagi ko'paytma ecosω ga bog'liq bo'ladi. Agar ikkilamchi minimum ikkita asosiy minimumlar o'rtasida joylashgan bo'lsa, orbita ko'rish nuriga nisbatan simmetrik bo'lib, xususiy holda aylanadan iborat bo'lishi mumkin. Ikkilamchi minimum assimetriyasi ecosω ko'paytmani topish imkonini beradi. Ba'zida ikki minimum orasidagi kuzatiluvchi egri chizig'i qiyaligi miqdoran bir yulduzni ikkinchi yulduz nurlanishini qaytarish effektini baholash imkonini beradi. Yorqinlik egri chizig'ini sekinlik bilan o'zgarishi yulduzning ellipsoidal ekanligini ko'rsatadi. Bu yaqin joylashgan qo'shaloq yulduzlarini prilivli ta'siri tufayli vujudga keladi. Bu holda yorqinlik chizig'i formasi asosida yulduzlarni formasini aniqlash mumkin. Ba'zi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.28 KB
Ko'rishlar soni 200 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.28 KB
Ko'rishlar soni 200 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga