Uran sayyorasi

Uran sayyorasi

O'quvchilarga / Astronomiya
Uran sayyorasi - rasmi

Material tavsifi

Uran sayyorasi Uran - Quyosh tizimidagi tartib bo'yicha yettinchi, hajmi bo'yicha esa Yupiter va Saturndan keyingi uchinchi sayyoradir. Uran sayyorasini tungi osmonda qurollanmagan ko'z bilan ko'rib bo'lmaydi va shu tufayli uzoq asrlar davomida mazkur sayyora haqida odamlar bilishmagan. Uranni 13-mart, 1781-yilda ingliz astronomi Uilyam Gershel kashf etdi. Gershelning kashfiyotiga qadar ham Uranni boshqa olimlar ham kuzatishgani ma'lum, lekin ular har safar bu sayyorani oddiy yulduz sifatida qabul qilaverishgan. Masalan, uni 1690-yilda Jon Felmstid 6 marta kuzatib, biroq uni Buzoq yulduz turkumiga mansub 34-yulduz sifatida qayd etadi. 1750-1769 yillar orasida farang astronomi Pyer Sharl le Monyer ham Uranni 12 marta kuzatib, baribir uni yulduz sifatida qabul qiladi. Umuman olganda Gershelgacha bo'lgan vaqtda Uran 21 marta astronomlarning teleskopi obyektivida namoyon bo'lgan. biroq uning quyosh tizimidagi tartib bo'yicha yettinchi sayyora ekanligini aynan Uilyam Gershel hammadan avval fahmladi. O'sha vaqtlarda Gershel yulduzlar parallaksini aniqlash uchun olib borilayotgan umumiy kuzatuvlarda ishtirok etayotgan edi. Buning uchun u o'z konstruksiyasi asosida maxsus teleskop yasab, Buyuk Britaniyaning Bat shahridagi «Nyu King strit» ko'chasi, 19-uyda joylashgan o'z hovlisidagi bog'da doimiy kuzatish olib borar edi. 13-mart 1781-yilda u Uranni ilk marta ko'rishga muvaffaq bo'ldi. biroq bu haqda Gershel faqat bir yarim oydan keyin - 26-may kuni ma'lum qildi. Dastlabki ma'lumotlarida Gershel ham Uranni avvaliga kometa deb o'ylagan. Biroq 17-martdagi kuzatish natijasiga ko'ra, «kometa» (ya'ni Uran) o'z vaziyatini o'zgartirgan edi. Gershel teleskop linzasining optik kuchini o'zgartirib ko'rish orqali, uning haqiqatan ham yulduz emas, balki kometa ekanligiga ishonch hosil qildi. Biroq keyingi kuzatuvlardan keyin, kometaning na dumi na kallasi yo'qligi, kometa esa dum va kallasiz bo'lmasligini e'tirof etib, demak bu osmon jismi, quyosh atrofida aylanuvchi sayyora ekanligiga amin bo'ldi. Bu haqda Qirollik Jamiyatiga bergan axborotida Gershel Yevropaning boshqa astronomlarining kuzatishlari natijasini ham ilova qilib o'tib, o'zi ochgan osmon jismi, xuddi yer, mars va boshqa ma'lum sayyoralar singari, quyosh atrofida aylanishi, ya'ni u quyosh tizimining yettinchi sayyorasi ekanligini bayon qildi. Qirol Georg II, buyuk astronomning ulkan kashfiyotini munosib mukofotladi va unga umrining oxirigacha har oyda 200 funt-sterling nafaqa tayinladi. Bunga javoban Gershel, yangi ochilgan sayyorani qirol Georg II sharfiga, Georg II sayyorasi deb nomlash taklifini ilgari surdi. Boshqa bir astronom, Fransiyalik Jozef Laland bu sayyorani, uni ochgan inson sharafiga Gershel sayyorasi deb nomlashni ham taklif etdi. Uran nomini esa olmon astronomi Iogann Bode taklif qilgan bo'lib, u qadimgi an'ana - sayyoralar nomini afsonaviy ma'budlar nomi bilan bog'lab atashni davom ettirishni ilgari surdi. Uran qadimgi yunon afsonalaridagi osmon ma'budi bo'lib, Bode o'rtaga tashlagan mantiqqa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 50 KB
Ko'rishlar soni 194 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:08 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 50 KB
Ko'rishlar soni 194 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga