Vaqtni va uzunlamani aniqlash

Vaqtni va uzunlamani aniqlash

O'quvchilarga / Astronomiya
Vaqtni va uzunlamani aniqlash - rasmi

Material tavsifi

Vaqtni va uzunlamani aniqlash. Turli geografik meridianlarda joylashgan joylarda meridian va biror yoritgichga o'tkazilgan yo'nalish orasidagi burchak turlicha bo'lganligi sababli bunday yoritgichlarning soat burchagi ham turlicha bo'ladi. Quyosh sutkalarining, bir soati Quyoshning soat burchagiga ko'ra aniqlanadi. Shuning uchun Quyoshning soat burchagiga ko'ra aniqlanadigan vaqtga mahalliy vaqt deyiladi. Yer yuzidagi ikki joyning geografik uzunlamalarini farqi o'sha joylarning mahalliy vaqtlarini farqiga teng. Uzunlama odatda Grinvich meridianidan boshlab o'lchanib soat birligida beriladi. Agar uzunlama g'arbiy bo'lsa W harfi bilan, sharqiy bo'lsa Ye harfi bilan belgilanadi. Bahorgi tengkunlik nuqtasining ikki marotiba ketma - ket o'tgan bir ismli (masalan, yuqori) kulminasiyalari orasidagi vaqt intervaliga yulduz sutkasi deyiladi. Bunda uning yuqori kulminasiyadan o'tish payti yulduz sutkasi boshi sifatida olinadi. Yulduz vaqti S, bahorgi tengkunlik nuqtasini soat burchagi orqali o'lchanadi. Haqiqiy Quyosh sutkasi deb, Quyosh diski markazini ikki ketma - ket yuqori (yoki quyi) kulminasiyalari orasidagi vaqt intervaliga aytiladi. Haqiqiy Quyosh vaqti (bu sutkaning bir soati) Quyosh markazining soat burchagi orqali o'lchanadi. Bunday sutkaning boshi sifatida yarim kunni olish qulay bo'lsa ham, yarim tun olinadi. Oxirgi holda Quyosh vaqti, Quyosh soat burchagi +12soat bo'ladi. Haqiqiy Quyosh sutkasi davomiyligi yil davomida, Quyoshning ekliptika bo'ylab notekis harakat qilganligi sababli va ekliptika tekisligining ekvator tekisligiga og'ma ekanligi tufayli o'zgarib boradi. Shuning uchun Quyoshning ekliptika bo'yicha harakatini ekvatorga proyeksiyasi yilning turli vaqtlarida turlichadir. Bu qulaysizlikni yo'qotish uchun o'rtacha Quyosh tushunchasi kiritiladi, ya'ni shunday fiktiv nuqta olinadi, ki bu nuqta ekvator aylanasi bo'ylab tekis harakat qilib, u ekvatorni bir tropik yilda bir marotiba to'la aylanib, bahorgi tengkunlik nuqtadan, haqiqiy Quyosh bilan bir vaqtda o'tadi. O'rtacha Quyosh sutkasi deb, o'rtacha Quyoshning ikki marotiba bir xil kulminasiyalari masalan, yuqori (yoki quyi) orasidagi ketgan vaqt intervaliga aytiladi. Bunday sutkalarni uzunligi o'zgarmasdir. O'rtacha Quyosh vaqti, o'rtacha Quyoshning soat burchagi orqali o'lchanadi. O'rtacha Quyosh vaqti va haqiqiy Quyosh vaqti farqiga vaqt tenglamasi deyiladi. Odatda vaqt tenglamasi taxminiy qiymati grafik shaklda berilsa, uning har kunlik aniq qiymatini o'zgarishi astronomik kalendarlarda beriladi. Yulduz vaqti S - dan o'rtacha Quyosh vaqti m - ga yoki teskari o'tishda, 22 mart yarim kunda yulduz vaqti 0soat - ga teng ekanligi va har kuni yulduz vaqti o'rtacha Quyosh vaqtidan 3m56s oldin ketishini bilish lozim. Masalan, 1may soat 6 da yulduz vaqti 2soat37m+(3m56s)624=8soat37m59s ga tengdir. Bunda 2soat37m=(3m56s)x40, 22 martdan 1 maygacha 40 kun o'tgan bo'lsa, soat 6 - gacha yulduz vaqti (3m56s)624 - ga oldin ketgan. Quyidagi o'tish formulalaridan foydalanish mumkin. S - dan m - ga o'tish formulasi m=S - S0 - 3m56sm24 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.63 KB
Ko'rishlar soni 155 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:08 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.63 KB
Ko'rishlar soni 155 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga