Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi Yer o'z o'qi atrofida aylanadi. Uning bu aylanishi yer yuzining ko'p hodisalarida o'z aksini topgan. Masalan, passatlar (Yer har ikki yarim sharning tropik oblastlarida ekvator tomonga esuvchi shamollar) Yerning g'arbdan sharq tomonga aylanishi natijasida shimoliy yarim sharda, shimoliy sharq tomondan, janubiy yarim sharda esa janubiy sharq tomondan esadi. Siklon janubdan shimolga esayotgan bo'lsa uning esish yo'nalishi sharqga tomonga og'adi va hoka'zolar. Yer aylanishini ko'rsatuvchi eng ko'rgazmali natijasi Fuko mayatniki bilan o'tkaziladigan tajribadir. Fuko tajribalari erkin mayatnikning fazoda o'zining tebranishi tekisligini, yo'nalishini saqlanishiga asoslangandir. Fuko mayatnikiga og'irlik kuchidan tashqari boshqa kuch ta'sir yetmaganligi sababli u fazoda o'zining tebranish tekisligi yo'nalishini saqlaydi. Faraz qilamizki, Yerning shimoliy qutbida osilgan Fuko mayatniki boshlang'ich vaqtda meridian tekisligida aylanayotgan bo'lsin (Rasm - 23a.) vaqt o'tishi bilan kuzatuvchiga mayatnikning tebranish tekisligi (Rasm - 23b.) sharqdan g'arbga tomon burilayotgan bo'lib tuyuladi, aslida Yer o'z o'qi atrofida teskari yo'nalishda, g'arbdan sharqga tomon burilayotgan bo'ladi. Bir yulduz sutkasi davomida mayatnikning tebranish tekisligi, Yer sirtiga nisbatan bir yulduz soatida burchak tezlik bilan to'la bir marotiba aylanadi. Yerning janubiy qutbida esa, u 24 yulduz soatida, soat strelkasi yo'nalishiga teskari yo'nalishda bir marotiba aylanib chiqadi. Agar mayatnikni Yer ekvatoriga osib uning tebranish tekisligini ekvator tekisligiga oriyentirlasak, ya'ni meridian tekisligiga to'g'ri burchak ostida, kuzatuvchi mayatnik tebranish tekisligini yerdagi predmetlarga nisbatan o'zgarishini sezmaydi, ya'ni mayatnik tebranish tekisligi meridianga perpendikulyarligicha qoladi. Mayatnik tebranish tekisligi ekvatorda boshqa tekislikda tebranayotgan bo'lsa ham natija o'zgarmaydi. ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 08:41:12
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
504.19 KB
Ko'rishlar soni
210 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:08
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Feb 2023 [ 08:41 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
504.19 KB
Ko'rishlar soni
210 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:08 ]
Arxiv ichida: docx