Yillik paralaks va yulduzlargacha masofalarni aniqlash. Yulduzlarning o'lchamlari va massalarini hisoblash

Yillik paralaks va yulduzlargacha masofalarni aniqlash. Yulduzlarning o'lchamlari va massalarini hisoblash

O'quvchilarga / Astronomiya
Yillik paralaks va yulduzlargacha masofalarni aniqlash. Yulduzlarning o'lchamlari va massalarini hisoblash - rasmi

Material tavsifi

Yillik paralaks va yulduzlargacha masofalarni aniqlash. Yulduzlarning o'lchamlari va massalarini hisoblash. Reja: Yillik paralaks haqida. Yulduzlargacha masofalarni aniqlash Yulduzlarning o'lchamlari va massalarini hisoblash. O'quvchilar bilishi kerak: Yillik paralaks va yulduzlargacha masofalarni aniqlash haqida o'quvchilarga umumiy tushunchalar berish. Yulduzlarga tegishli xarakteristik kattaliklarni taxminiy aniqlash. Yulduzlarning massalari va o'lchamlarini hisoblash haqida o'quvchilarda ko'nikmalar hosil qilish. Mavzuning bayoni: Yulduzdan qaraganda ko'rish nuriga bo'lgan Yer orbitasi katta yarim o'qining ko'rinish burchagi - yulduzning yillik parallaksi deyiladi. Yulduzgacha bo'lgan masofa D qancha katta bo'lsa, yulduzning parallaksi shuncha kichik bo'ladi. Osmonda yulduz vaziyatining yil davomida parallaktik siljib borishi kichik ellips yoki, agar yulduz ekliptika qutbidan bo'lsa, aylana bo'ylab sodir bo'ladi.Yulduzlargacha masofani aniqlash ularning yillik parallaktik siljishlariga asoslanadi. Quyosh atrofida radiusi qariyb 150 million kilometrli aylana bo'ylab harakatlanayotgan Yerdagi kuzatuvchi, yaqindagi yulduzlarning uzoqdagi yulduzlar fonida siljib, bir yilda aylana, ellips chizishini kuzatadi. Yulduzlargacha bo'lgan masofalarni aniqlash.Yulduzlar koinotda eng ko'p tarqalgan osmon jismlari hisoblanadi. Butun osmonda 6-yulduz kattaligigacha bo'lgan yulduzlar soni taxminan 600, 11-yulduz kattaligigacha bo'lganlari taxminan bir million, 21-yulduz kattaligigacha bo'lganlarning soni esa 2 mlrd atrofidadir. Ularning hammasi Quyosh kabi, bag'rilaridan nihoyatda ko'p energiya ajralib chiqarayotgan nurlanuvchi chug'langan gaz sharlardir. Ammo yulduzlar, bizdan juda olisda, bo'lganliklari uchun hatto eng kuchli teleskoplar yordamida ham, atigi nurlanayotgan nuqtalar shaklidagina ko'rinadi. Yulduzlarning parallaktik siljishlarini o'lchash va ulargacha bo'lgan masofalarni aniqlash uchun bazis sifatida Yerning radiusi juda kichiklik qiladi. Kopernik zamonasidayoq, agar haqiqatan ham Yer Quyosh atrofida aylansa, u holda yulduzlarning osmondagi ko'rinma vaziyatlari o'zgarishi kerakligi ma'lum bo'lgan. Yer yarim yil davomida o'z orbitasi diametri uzunligigigacha siljiydi. Ushbu diametrining qarama-qarshi nuqtalaridan yulduz tomon bo'lgan yo'nalishlar bir-biridan farqlanadi. Boshqacha aytganda, yulduzlarda yillik parallaks sezilarli bo'ladi (55-rasm). 51-rasm. Yulduzlarning yillik parallakslari Yulduzdan qaraganda ko'rish nuriga bo'lgan Yer orbitasi katta yarim o'qining ko'rinish burchagi - yulduzning yillik parallaksi deyiladi. Yulduzgacha bo'lgan masofa D qancha katta bo'lsa, yulduzning parallaksi shuncha kichik bo'ladi. Osmonda yulduz vaziyatining yil davomida parallaktik siljib borishi kichik ellips yoki, agar yulduz ekliptika qutbidan bo'lsa, aylana bo'ylab sodir bo'ladi. Kopernik urinib ko'rgan bo'lsada, lekin yulduzlarning parallaksini oshkor qila olmadi. U yulduzlar Yerdan shu qadar uzoqdalarki, mavjud asboblar ularning parallaktik siljishlarini sezish imkonini bermaydi, deb to'g'ri ta'kidlagan edi. Birinchi marta Vega yulduzining yillik parralaksini 1837-yilda rus akademigi V.Y.Struve aniq o'lchashga erishgan edi. U bilan bir vaqtda boshqa mamlakatlarda yana ikkita yulduzning parallaksi o'lchangan bo'lib, ulardan biri kentavrning ά si edi. Bevosita qaraganda 280 m uzoqlikda joylashgan, yo'g'onligi 1 mm bo'lgan sim ana shunday burchak ostida ko'rinadi. Nima uchun uzoq vaqtlargacha olimlar yulduzlardagi shunday ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.07 KB
Ko'rishlar soni 461 marta
Ko'chirishlar soni 52 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.07 KB
Ko'rishlar soni 461 marta
Ko'chirishlar soni 52 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga