Yoritgichlarning kulminasiyasi. Geografik kengligini va osmon yoritgichlarini koordinatalarini aniqlash. Yoritgichlarni osmon meridianini kesib o'tish hodisasiga yoritgichning kulminasiyasi deyiladi. Osmon meridianini yuqori qismini kesib o'tishda yoritgich yuqori kulminasiyada pastgi qismini kesib o'tishda quyi kulminasiyada bo'ladi. Yuqori kulminasiyada, yoritgich meridianni kesib o'tishida soat burchagi t=0, yulduz vaqti yoritgichni to'g'ri chiqish koordinatasiga - ga teng bo'ladi. Quyi kulminasiyada bo'lganda, yoritgich zenitdan eng katta masofada orqaga qolib, yulduz vaqti S = +12soat bo'ladi. Rasm 7 -dan ko'rinib turibdi, ki yoritgich yuqori kulminasiyada bo'lganda, uning og'ishi , zenit masofasi Z va kuzatish joyining geografik koordinatasi quyidagicha boqlangandir. Z=( - ) Bu formulada « + » alomati yoritgich zenitdan janub tomonda, « - » alomat esa zenit va shimoliy qutb orasida kulminasiyada bo'lganda olinadi. Rasm 7. Osmon sferasining meridian tekisligidagi proyeksiyasi. Bu formulaga kiruvchi ikki kattalik ma'lum bo'lsa, uchinchisini qiymati formula yordamida topiladi. Ko'pchilik shaharlar uchun - ning qiymati spravochniklardan yoki geografik koordinatalarni jadvallaridan olinadi. Ko'pchilik yoritgichlar uchun -qiymati yoritgich kulminasiyada bo'lganida zenit masofaning o'lchashlaridan (agar geografik kenglik ma'lum bo'lsa) foydalanib hisoblab topiladi. Yoritgichni ikki kulminasiyasida zenit masofasini o'lchash yo'li bilan va ning qiymatini birdan topish ham mumkin. Rasm 8 - da - kenglikda turuvchi kuzatuvchi uchun osmon sferasi ko'rsatilgan. Rasm 8. Botmaydigan va chiqmaydigan yulduzlar aylanalari. Bunday kuzatuvchi uchun botmaydigan yulduzlarni sutkali yo'li botmaydigan yulduzlar aylanasi va shimoliy qutb orasida joylashsa, chiqmaydigan yulduzlar sutkali yo'li chiqmaydigan yulduzlar aylanasi va janubiy olam qutbi orasida joylashadi. Mavzuga doir masalalar yechish: Geografik kengligi bo'lgan kuzatish joylaridagi kuzatuvchilar uchun yuqori kulminasiyasida bo'lgan yulduzlarni azimuti nimaga teng bo'ladi? Barcha yulduzlar uchun uning qiymati bir xilmi? Javob: Azimut gorizont aylanasining S nuqtasidan boshlab o'lchanganligi va S gorizont aylanasini osmon meridiani bilan kesishish nuqtasi bo'lganligi sababli bo'lgan yoritgichlar uchun (Rasm 7 - ga qarang) azimut 00 ga teng bo'lsa, bo'lgan yoritgichlar uchun A=1800 bo'ladi. Sizning shahringizda qanday yulduzlarni azimuti hyech qachon nolga teng bo'lmaydi? Javob: Samarqand shahri uchun = 39039 minut bo'lganligi sababli og'ish koordinatasi 39039, ya'ni zenitdan shimol tomonda kulminasiyalanuvchi yoritgichlarni azimuti hyech qachon nolga teng bo'lmaydi. Moskva va Addis - Abeba shahrlari deyarli bitta meridianda joylashgan, Moskva kengligi +550, Addis-Abebaniki esa +90. Bu shahrlardagi kuzatuvchilar uchun Sirius yuqori kulminasiyada bo'lgandagi ko'rish balandliklarini farqi nimaga teng? Javob: 7 - chi rasmga ko'ra yoritgich kuzatish joyining geografik kengligi, yoritgichlar kulminasiyada bo'lganda, og'ishi va zenit masofasi bilan quyidagicha boqlangan 1=Z1+δ; 2=Z2+δ. Balandlik va zenit masofasi orasida h+Z=900 ekanligini nazarda tutsak h1-h2=2-1 ekanligi kelib chiqadi. Shuning uchun h1-h2=2-1=550-90=460 ga tengdir. Javob: 460. ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 08:41:12
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.18 KB
Ko'rishlar soni
160 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:08
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Feb 2023 [ 08:41 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.18 KB
Ko'rishlar soni
160 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:08 ]
Arxiv ichida: docx