Yulduz, haqiqiy Quyosh va o'rtacha Quyosh vaqtlari

Yulduz, haqiqiy Quyosh va o'rtacha Quyosh vaqtlari

O'quvchilarga / Astronomiya
Yulduz, haqiqiy Quyosh va o'rtacha Quyosh vaqtlari - rasmi

Material tavsifi

Yulduz, haqiqiy Quyosh va o'rtacha Quyosh vaqtlari Vaqtning asosiy birligi sifatida Yerning o'z o'qi atrofida bir marotiba to'la aylanib chiqish davri sutka olinadi. Sutkaning hisob boshi qilib osmon sferasida tanlangan nuqtaning osmon meridianidan o'tish payti olinadi. Astronomiyada bunday tanlangan nuqtalar sifatida bahorgi tengkunlik, Quyoshning gardishini markazi, o'rtacha Quyosh deb ataluvchi va o'rni istalgan payt uchun nazariy hisoblab topiladigan faraziy nuqta olinadi. Bu nuqtalarning osmon sferasidagi vaziyatlariga qarab aniqlangan vaqt mos ravishda yulduz, haqiqiy Quyosh va o'rtacha Quyosh vaqtlari deyiladi. Bahorgi tengkunlik nuqtasining ketma-ket ikki marta yuqori kulminasiyasidan o'tishi orasidagi vaqtga yulduz sutkasi deyiladi. Yulduz sutkasining hisob boshi qilib nuqtaning yuqori kulminasiya payti olinadi. U holda yulduz vaqti S bahorgi tengkunlik nuqtasining soat burchagi t ga teng bo'ladi. nuqta osmonda biror yoritgich bilan bog'lanmagan, shuning uchun vaqtni aniqlash uni bevosita kuzatish bilan bog'liq emas. Yulduz vaqti, yulduzlarning meridiandan o'tish paytini kuzatishga ko'ra topiladi. Yulduzlarning meridiandan o'tish paytidagi yulduz vaqti shu yulduzning koordinatasiga teng bo'ladi. Haqiqatdan ham rasmdan 9-chi rasmdan t=t+α bo'lgandan S= t+ bo'lib, t=0 bo'lganda S=α bo'ladi. Yulduz vaqti astronomik masalalarni yechishda keng ishlatiladi. Lekin kundalik hayotda esa uni qo'llash noqulay bo'lib, kundalik hayotda vaqt Quyoshga qarab taqsimlanadi. Quyosh diski markazini muayyan bir geografik meridianda ketma-ket ikki marta quyi kulminasiyada bo'lishi orasidagi vaqt haqiqiy Quyosh sutkasi T deyiladiQuyosh diskining markazining quyi kulminatsiyasidan har qanday vaziyatlargacha bo'lgan holatni ko'rsatuvchi soat burchagiga haqiqiy Quyosh vaqti deyiladi, T=t+12h. Quyosh soat burchagigi t - ni bevosita kuzatishlardan aniqlaydilar. Quyoshning yillik harakat yo'li ekvatorga 23°27 burchak hosil qilgani va harakati notekis bo'lganidan haqiqiy Quyosh vaqti bo'yicha sutka davomiyligi yil davomida o'zgarib turadi. Shuning uchun amalda o'rtacha Quyosh vaqti qo'llaniladi. Bu vaqt o'rtacha Quyosh harakatiga ko'ra aniqlanadi. O'rtacha Quyosh deb ekvator buylab tekis harakatlanadigan va bahorgi tengkunlik nuqtasidan haqiqiy Quyosh bilan bir vaqtda chiqib bir vaqtda qaytib keluvchi faraziy nuqtaga aytiladi. O'rtacha Quyoshning ketma-ket ikki marta quyi kulminasiyadan o'tish orasidagi vaqtga o'rtacha Quyosh Tm sutkasi deyiladi. O'rtacha Quyosh sutkasini, hisob boshi qilib yarim tun ya'ni o'rtacha Quyoshning quyi kulminasiya payti qabul qilingan. Kuzatuvchi meridianda o'rtacha Quyosh vaqti Tm o'rtacha Quyoshning soat burchagi tm bilan quyidagicha Tm=tm+12h bog'langan, chunki tm soat burchagi meridianning janub qismidan boshlab hisoblansa, Tm o'rtacha Quyosh vaqti quyi kulminasiyasidan boshlab hisoblanadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 285.79 KB
Ko'rishlar soni 193 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 285.79 KB
Ko'rishlar soni 193 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga