Yulduzlarning ichki tuzilishi va energiya manbalari haqida Reja: 1.Yulduzlarning evolyutsiyasi. 2.Neytral yulduzlar (pulsorlar) va Qora o'ralar haqida tushuncha. T a y a n c h i b o r a l a r: pulsorlar, Qora o'ralar, Somon Yo'li, yulduz to'dalari yoki g'ujlar, chang materiya, «Ko'mir qopi» qora tumanligi . XX asrning boshlariga qadar Koinot, bizning yagona yulduzlar sistemamiz - Galaktikamiz bilan chegaralangan degan fikr hukm-ronlik qilardi. Keyinchalik olimlar, Galaktikamizdan tashqarida yana ko'p yirik yulduz sistemalari mavjud degan fikrga keldilar. Uzoqdagi bunday yirik yulduz sistemasi tumanlik shaklida bo'li-shini anglagan astronomlar, birinchi navbatda, ularni osmonning turli tomonlaridan joy olgan tumanliklardan izladilar. Bunda ko'pchilik tumanliklar yulduzlardan tarkib topmaganligi spektrlaridagi emission (nurlanish) chiziqlari tomonidan oshkor qilinib, ular aslida yulduzlararo diffuz gaz tumanliklar ekanligi ayon bo'ldi. Biroq shu bilan birga olimlar spektrlari yulduzlarning spektriga o'xshash o'nlab yulduzlarning yirik to'dalarini ham top-dilar. Bularning tipik vakili Androme'da tumanligi edi. Unda spiral strukturali yenglar ham kuzatilib, bu tashqi galaktikalardan biri ekanligiga shubha qolmadi. Androme'da yulduz turkumida joylashgan bu tumanlik Galaktikamiz chegarasidami yoki undan tashqaridagi mustaqil galaktika ekanligini aniqlash uchun ungacha masofani aniqlash zarur edi. Bu muammoni XX asrning 20- yillarida amerikalik astronom E.Habbl hal qildi. U ko'zgusining diametri 2,5 m li reflektordan Androme'da tumanligini kuzatib, unda ba'zi yulduzlarni, jumladan, Sefeidlarning aniq tasvirini ko'rdi. U sefeidlarning davri asosida tumanlik-kacha masofani aniqladi. Bu masofa shu qadar katta chiqdiki, bun- dan olim, ushbu tumanlik Bizning Galaktimizga hech daxli bo'lma-gan alohida mustaqil yulduzlar sistemasi - galaktikaligini darrov fahmladi. 18- rasm. Galaktikamizning «belbog'i» hisoblanmish Somon Yo'li. Endi, Quyoshimizni bir yulduz sifatida o'z ichiga olgan, o'zi-mizning yulduzlar sistemamiz - Galaktikamiz ustida to'xtalaylik. Tunda qorong'i osmonga qarasak, butun osmon bo'ylab cho'-zilgan yorug' - somon to'kilgan yo'lni eslatuvchi va yoshligimizdan bizga kattalar Somon Yo'li deb tushuntirgan tasmaga ko'zimiz tushadi. Haqiqatan ham, bu Galaktikamizning yulduzlar nisbatan zich joylashgan «belbog'» qismi hisoblanib, osmon ekvatori tekisligi bilan 62 gradusli burchak tashkil etadi (122- rasm). Somon Yo'li bo'ylab kuzatilsa, uning hamma qismining keng-ligi bir xil emasligi malum bo'ladi. Oddiy dala durbini yoxud kichikroq teleskopdan Somon Yo'liga qaralgandayoq, u g'ij-g'ij yulduzlardan tashkil topganini ko'ramiz, faqat uning ayrim qism-larida yulduzlar deyarli ko'rinmaydi. Buning sababi, Somon Yo'li-ning shu qismida joylashgan chang bulutlar bo'lib, ularning ortida joylashgan yulduzlarning nurlanishlari bu bulutlarda butunlay yutilib, bizga ko'rinmay qoladi. Osmonda ko'rinadigan barcha yulduzlar Galaktikamizning tarkibini tashkil qiladi. Bizning Quyosh ham (bir oddiy yulduz sifatida) shu ulkan yulduzlar sistemasining a'zosi bo'lgani uchun biz uni Bizning Galaktikamiz deb nomlaganmiz. Galaktikamizga kiruvchi yulduzlarning asosiy qismining fazoda egallagan shakli qavariq linza ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 08:41:12
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
94.71 KB
Ko'rishlar soni
319 marta
Ko'chirishlar soni
88 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Feb 2023 [ 08:41 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
94.71 KB
Ko'rishlar soni
319 marta
Ko'chirishlar soni
88 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:09 ]
Arxiv ichida: doc