Yulduzlarning spektri va spektral sinflari. Spektr-yorqinlik diagrammasi

Yulduzlarning spektri va spektral sinflari. Spektr-yorqinlik diagrammasi

O'quvchilarga / Astronomiya
Yulduzlarning spektri va spektral sinflari. Spektr-yorqinlik diagrammasi - rasmi

Material tavsifi

Yulduzlarning spektri va spektral sinflari. Spektr-yorqinlik diagrammasi. Reja: Yulduzlarning spektri Yulduzlarning spektral sinflari. Spektr-yorqinlik diagrammasi. Kuzatish vaqtida siz, yulduzlar har xil rangga ega ekanligiga va ulardan eng yorug'larida bu, ayniqsa ko'zga yaxshiroq tashlanishiga ahamiyat berdingiz. Qizitilayotgan jismning, jumladan yulduzlarning ham rangi uning temperaturasiga bog'liq bo'ladi. Bu hol yulduzlar temperaturasini ularning to'tash spektrida energiyaning taqsimlanishiga ko'ra aniqlash imkonini beradi. Yulduzlarning rangi va spektri, ularning temperaturalariga bog'liq bo'ladi. Nisbatan sovuq yulduzlar spektrning qizil qismidagi nurlanish kuchliroq ko'rinadi, shuning uchun ular qizg'ish rangga ega. Qizil yulduzlarning temperaturasi past bo'ladi. Temperatura qizil yulduzlardan to'q sariq yulduzlargacha, so'ngra sariq, oq sariq, oq va och havo rang yulduzlarga o'tgan sari asta-sekin ko'tarilib boradi. Yulduzlarning spektrlari turli-tumandir. Ular sinflarga bo'linadi, ular lotin harflari va raqamlari bilan belgilanadi. Yulduzlarning spektral sinflari va va ularning temperaturalari orasidagi bog'lanish borligi kuzatishlardan ma'lum bo'ldi. Shuningdek, yulduzlarning yorqinligi ularning absolyut yulduz kattaliklari orqali ifodalanishi ham mumkin ekanligi aniq bo'lgach, olimlar bu ikki juft bog'lanishlar orasida ham bog'lanish bo'lishi kerak degan gumon bilan uni qidirishga kirishdilar. Bunday bog'lanishni bir-biridan bexabar holda XX asrning boshlarida daniyalik astronom Gersshprung va amerikalik astrofizik Ressel aniqladilar. Ular yulduzlarning yorqinliklari va spektral sinflari orasidagi bog'lanishni xarakterlovchi grafikni oldilar.Shuning uchun bunday bog'lanishlarni ifodalovchi diagramma keyinchalik spektr-yorqinlik yoki Gersshpring - Ressel diagrammasi deb ataladigan bo'ldi. Yulduzlarning spektral sinflari ularning yorqinlik sinflari bilan qo'shib o'rganilganda, yulduzlarning absolyut kattaliklarini aniqlashga imkon beradi. Yulduzlarning aniqlangan absolyut yulduz kattaliklari esa, o'z navbatida, yulduzlargacha masofalarni aniqlashga imkon beradi. Yulduzlarning rangi, spektrlari va temperaturasi. Kuzatish vaqtida siz, yulduzlar har xil rangga ega ekanligiga va ulardan eng yorug'larida bu, ayniqsa ko'zga yaxshiroq tashlanishiga ahamiyat berdingiz. Qizitilayotgan jismning, jumladan yulduzlarning ham rangi uning temperaturasiga bog'liq bo'ladi. Bu hol yulduzlar temperaturasini ularning to'tash spektrida energiyaning taqsimlanishiga ko'ra aniqlash imkonini beradi. Yulduzlarning rangi va spektri, ularning temperaturalariga bog'liq bo'ladi. Nisbatan sovuq yulduzlar spektrning qizil qismidagi nurlanish kuchliroq ko'rinadi, shuning uchun ular qizg'ish rangga ega. Qizil yulduzlarning temperaturasi past bo'ladi. Temperatura qizil yulduzlardan to'q sariq yulduzlargacha, so'ngra sariq, oq sariq, oq va och havo rang yulduzlarga o'tgan sari asta-sekin ko'tarilib boradi. Yulduzlarning spektrlari turli-tumandir. Ular sinflarga bo'linadi, ular lotin harflari va raqamlari bilan belgilanadi. Temperaturasi 300 K atrofida bo'lgan M sinfidagi sovuq qizil yulduzlarning spektrida ikki atomli oddiy molekulalarning, ko'pincha titan oksidinining yutilish chiziqlari ko'rinadi. Boshqa qizil yulduzlarning spektrida uglerod yoki sirkoniy oksidi ko'prok bo'ladi. Anteras, Betelgeyze kabi nomlar bilan yuritiladigan yulduzlar M sinfiga kiruvchi birinchi kattalikdagi qizil yulduzlardir. G sinfidagi sariq yulduzlar spektrida metallar: temir, kalsiy, natriy va boshqalarning ingichka ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.92 KB
Ko'rishlar soni 262 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.92 KB
Ko'rishlar soni 262 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga