Yulduzlarning yorqinligi, rangi va temperaturasi. Ko'rinma va absolyut yulduz kattaligi

Yulduzlarning yorqinligi, rangi va temperaturasi. Ko'rinma va absolyut yulduz kattaligi

O'quvchilarga / Astronomiya
Yulduzlarning yorqinligi, rangi va temperaturasi. Ko'rinma va absolyut yulduz kattaligi - rasmi

Material tavsifi

Ko'rinma va absolyut yulduz kattaligi. Yulduzlarning rangi va temperaturasi. Yulduzlarning yorqinligi Reja: Ko'rinma va absolyut yulduz kattaligi. Yulduzlarning rangi va temperaturasi. Yulduzlarning yorqinligi. Yulduzlar - koinotning eng keng tarqalgan obyektlari hisoblanadi. Shu bois ularning fizik tabiatini o'rganish astronomiyada muhim masala hisoblanadi. Yulduzlarning ko'rinma ravshanliklarini bir-biridan farqlash uchun astronomiyada yulduz kattaligi degan tushuncha qabul qilingan. Yorikichning yorqinligi, undan Yergacha yetib keladigan nurlanish intensivligi bo'lib, u yorikichning umumiy nurlanishining arzimas qisminigina tashkil etadi. Yoritkichlarning ko'rinma nurlanish intensivliklari, ularning nurlanishlarini qayd qiluvchi pryomniklarda hosil qilingan yoritilganliklariga ko'ra aniqlanadi. Yulduzlarning yorqinliklaridagi katta farqning sababini tushunish uchun, ularning nurlanishlari analiziga asoslanib aniqlash mumkin bo'lgan boshqa xarakteristikalarini ham ko'rib chiqish zarur. Yulduzlarning yorqinligini yulduz kattaliklarida belgilashni miloddan avvalgi II asrda inson ko'zining nurga sezgirligiga tayangan holda Gretsiyalik astronom Gipparx boshlab bergan. U qabul qilgan shkalaga ko'ra, bir-biridan 1 yulduz kattaligiga farq qilgan yulduzlar ravshanliklarining farqi taxminan 2,5 martaga tog'ri kelgan Yulduz yorqinligi L deb, yulduzning nurlanish quvvatining Quyoshning nurlanish quvvatiga nisbatiga aytiladi. Agar ikkita yulduz bir xil yorqinlikka ega bo'lsa, u holda bizdan uzoqrokda joylashganining ko'rinma yulduz kattaligi kichik bo'ladi. Yulduzlarning yorqinliklarini o'zaro solishtirish mumkin bo'lsin uchun ularni aniq bir standart uzoqlikka keltirib, so'ngra ko'rinma ravshanliklarni o'zaro solishtirish lozim bo'ladi. Astronomiyada ana shunday standart uzoqlik sifatida 10 pk masofa qabul qilingan. Yulduzning bizdan standart bunday uzoqlik (D=10 pk) da bo'lgandagi yulduz kattaligi - absolyut yulduz kattaligi M deb ataladi. Yulduzgacha bo'lgan masofa D ma'lum bo'lgandagi uning ko'rinma va absolyut yulduz kattaliklarining miqdoriy nisbatini qarab chiqamiz. Dastlab, yulduz kattaliklarning farqi 5 ga teng bo'lganda, ularning ravshanliklari aynan 100 martaga farqlanishlarni esga olamiz. Binobarin, agar ikki manbadan biri ikkinchisidan aynan marta (bu kattalik taxminan 2,512 ga teng) yorug' bo'lsa, bu manbalarning ko'rinma yulduz kattaliklarining farqi bir teng bo'ladi. manba qancha ravshan bo'lsa, uning ko'rinma yulduz kattaligi hisoblanadi. Umuman, istalgan ikki yulduzning ko'rinma ravshanliklari nisbati I:I ularning ko'rinma yulduz kattaliklari m1 va m2 bilan quyidagi oddiy munosabat bo'yicha bog'lanadi: I1: I2= 2,512 m2-m1 D masofadagi yulduzlarning ko'rinma yulduz kattaligi bo'lsin. Agar bu yulduz D=10 pk masofadan kuzatilganda edi, uning ko'rinma yulduz kattaligi m0, ta'rifga ko'ra, absolyut yulduz kattaligi M ga teng bo'lgan bo'lar edi. Shunda uning ko'rinma ravshanligi I1: I2= 2,512M-m martaga o'zgargan bo'lar edi. Ayni vaqtda, yulduzning ko'rinma ravshanligi ungacha bo'lgan masofaning kvadratiga teskari proporsional ravishda o'zgarishi ma'lum. Shuning uchun: I1: I2=D02:D2 Binobarin, 2,512M-m=D02:D2 Bu ifodani logarifmlab, quyidagini topamiz: 0,4(M-m)=lg102-lgD2 M=m+5-lgD M=m+5-5lgp Bu Yerda r - yoy sekundlarida ifodalangan. Bu formulalardan aniq olingan yulduzlarning uzoqligi D va ko'rinma ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.76 KB
Ko'rishlar soni 388 marta
Ko'chirishlar soni 38 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.76 KB
Ko'rishlar soni 388 marta
Ko'chirishlar soni 38 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga