Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, Pluton, Asteroidlar,Kometalar, Meteorlar va meteor yomg'irlar. Metioritlar. Reja: Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, Pluton planetalari Asteroidlar, Kometalar Meteorlar va meteor yomg'irlar. Metioritlar. Gigant planetalarning xususiyatlari. To'rtta gigant planetadan eng kattasi va bizga hamda Quyoshga eng yaqini Yupiter bo'lib, u boshqalaridan yaxshiroq o'rganilgan. Yupiterning aylanish o'qi o'zining orbita tekisligiga deyarli, tik shuning uchun unda yil fasllari bo'lmaydi. Hamma gigant planetalarning o'z o'qi atrofida aylanishi ancha tez, zichligi esa kam bo'ladi. Buning natijasida ular sezilarli katta siqiqlikka ega. Hamma gigant planetalar qalin atmosfera qatlami bilan o'ralgan, ular o'z o'qi atrofida tez aylanishi sababli biz ularda faqat ekvatorga parallel holda cho'zilib so'zib yo'rgan bulutlarnigina ko'ramiz. Yupiter planetasi. Quyosh sistemasining planetalari ichida eng yirigi hisoblangan Yupiter tabiati va tuzilishiga ko'ra jumboqlarga boyligi bilan astronomlar diqatini o'ziga jalb etadi. Yupiterning o'rtacha radiusi, Yer radiusidan qariyb 11 marta katta bo'lib, 69 ming 150 kilometrni tashkil etadi. Bu ulkan planeta Quyosh atrofida o'rtacha 778 million kilometrli masofada aylanadi. Planetaning Quyosh atrofida aylanish tezligi sekundiga 13 kilometr bo'lib, 12 yilda bir marta aylanib chiqadi. Boshqacha aytganda, Yerdagi 60 yoshli odam Yupiter yili bilan endi 5 yoshga to'lgan bo'lur edi. Qizig'i shundaki, Yupiterning o'z o'qi, atrofida aylanishi, Yer tipidagi planetalarning aylanishlaridan farq qilib, ekvator qismi tezroq 9 soat 56 minutli davr bilan aylanadi. Planetaning turli kenglamalari turlicha burchak tezlik bilan aylanishlariga sabab, u tuzilishiga ko'ra qattiq bo'lmay, tezlik bilan aylanishlariga sabab, u tuzilishiga ko'ra qattiq bo'lmay, gaz- suyuq holatdagi osmon jismi ekanligidir. Buning ustiga uning ko'ringan sirti planeta atmosferasida so'zib yuruvchi bulutlardan tashkil topgan. Planetaning tez aylanishi tufayli vujudga kelgan markazdan qochma kuch ta'sirida Yupiterning qutblari bo'ylab sezilarli siqilish kuzatiladi. Natijada uning ekvatorial diametri qutbiy diametridan 9 ming 300 kilometrga katta bo'lib qolgan. Yupiterning hajmi Yernikidan 1314 marta ortiq. Garchi bu planetaning zichligi Yernikidan 3,5 marta kam bo'lsa- da, kattaligi tufayli uning massasi Yer massasidan 318 marta ortiqdir. Shuning uchun ham Yupiterning tortishish kuchi Yerdagidan ikki yarim marta ortiq, ya'ni Yerda 60 kilogramm keladigan odamning og'irligi Yupiterda 150 kilogrammdan ortadi. Bu ulkan planetaga teleskop orqali qaralganda, uning sirtida turli xil obyektlar kuzatiladi. Bular ichida tabiati haligacha jumboqligini saqlayotgan obyektlar- eni bir necha ming kilometrgacha boradigan uning ekvatorga parallel qora- qizg'ish tasmalaridir. Bu tasmalar oxirgi yillarda olingan natijalar asosida planeta atmosferasining qalin bulutlari deb tushuntiriladi. Ular planetaning parallellari bo'ylab yo'nalgan bo'lib, ekvatorga nisbatan simmetrik holda joylashgan. Planeta bulutlarining bunday zanjiri strukturasi uning 40 grdusli kengligigacha borib, ayrim hollarda, dizmetri 100 kilometrgacha boradigan qo'ng'ir yoki ko'qish dog'larni hosil ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 08:41:12
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
329.46 KB
Ko'rishlar soni
176 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Feb 2023 [ 08:41 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
329.46 KB
Ko'rishlar soni
176 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:09 ]
Arxiv ichida: doc