Al-Forobiyning sferik astronomiyaga oid ilmiy ishlari

Al-Forobiyning sferik astronomiyaga oid ilmiy ishlari

O'quvchilarga / Astronomiya
Al-Forobiyning sferik astronomiyaga oid ilmiy ishlari - rasmi

Material tavsifi

Al-Forobiyning sferik astronomiyaga oid ilmiy ishlari AL-FOROBIYNING SFERIK ASTRONOMIYAGA OID ILMIY ISHLARI Abu Nosir Muhammad ibn Muhammad Forobiy (870-950) musulmon, o'rta asrning eng ko'zga ko'ringan olimlaridan biridir. U qomusiy olim bo'lib juda ko'p fanlar bilan qiziqqan va ish olib boran. Forobiy o'tror yaqinidagi Vosidiy qalasida turkiy oilada tavvalud topgan. O'sha paytlarda o'tror shahri Markaziy Osiyoning qadimiy madaniyat markazlaridan biri bo'lgan. U ayniqsa astronomiya sohasida ko'plab ilmiy-ijodiy ishlarni amalga oshirgan K.Ptolomeyning «Almogest» asarida sharhlar yozgan. Isxox Ibrohim al-Bog'dodiy ham astronomiya sirlarini ochishda qiynalganligi sababli Forobiyga murojaat qilgan. Forobiy o'zining qo'lyozmalarini unga bergan. Shunda al-Bog'dodiy «Astronomiya sohasidagi ko'plab yechilmagan masalalar endi men uchun oydinlashdi» degan edi. So'ngra qo'lyozmadan foydalanish uchun ko'chirib ham olishgan. Forobiy Zoodikal hayvonlar nomi bilan ataluvchi yulduzlar turkumlari bilan odam organizmi a'zolari asosida bog'lanish yo'qligini ta'kidlab o'tdi. Shuni aytishimiz mumkinki sharqning buyuk allomalaridan Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Umar Hayom, Abdurahmon Jomiy va boshqa ko'plab qomusiy olimlar Forobiyni o'zlarining ustozlari deb bilishgan. Forobiyning ishlari Ovropa uyg'onish davri uchun katta ahamiyat kasb etgan ovropaning buyuk olimlari Bekan, Leonardo da Vinchi, N.Kapernik, J.Kepler, Leybnis va boshqalar o'zlarining qilgan ishlari uchun Farobiydan minnatdor bo'lganlar. Alovuddin Qushchi Ulug'bekning Astronomiya maktabidagi eng qobiliyatli safdoshlaridan edi. U XV asrning boshida Samarqandda tug'ilgan. Uning otasi Muhammad Ali Ulug'bekning qushbegisi bo'lgan. Shuning uchun unga «Qushchi» taxallusi berilgan. Ali Qushchi Ulug'bekning Turkiyadagi elchisi bo'lgan, Ulug'bek vafotidan keyin Turkiyaga o'tib ketgan. U Ulug'bek tashkil qilgan madrasada oqidi. Madrasani tugatib o'sha davrda mashxur bo'lgan olimlar bilan bir qatorda ijod qildi va qisqa vaqt ichida zamonasining ko'zga ko'ringan olimlaridan biriga aylandi. Ulug'bek rasadxonasidagi hisob-kitob ishlari Ali Qushchining qo'lidan o'tardi. Uning «Astronmiya haqidagi fikrlar» asari Samarqand olimlari ichida uning obro'sini yanada orttirdi. Ulughbek Alovuddinni juda yaxshi ko'rganidan uni o'zining o'g'li qatorida ko'rardi. Ko'pchilik masalalarda u bilan maslahatlashar edi. O'zining yuqorida nomi zikr etilgan asarida mashhur astronom olimlar Qozi Zoda Rumiy, Jamshid Koshiy va boshqa olimlardan keyingi yozilgan yirik asar bo'ldi. Ulug'bekning vafotidan keyin uning tugallanmagan asari «Yangi astronomik jadvallar» - «Zi-ji Ko'ragoniy»ni oxiriga yetkazdi. Bu ishlarni yetkazish Qushchi uchun oson kechmadi. XV asrning 60-yili o'ziga qilinayotgan suyuqasddan xabardor bo'lib Stanbulga ketadi. Ali Qushchi Turkiyada ilmiy sohada samarali ishlarni amalga oshiradi, ya'ni Ulug'bekning «Yangi astronomik jadvallar» asarini qisqa davr ichida Osiyo va Ovropaga tarqalishida muhim ahamiyat kasb etadi. Uning rahbarligida matematika va astronomiya sohasidagi mashhur olimlardan Ruaniy, qozi Zoda Rumiyning nevarasi Maryam Chalobiy Birjanodiy yetilib chiqadi. Ali Qushchi 1474-yilda Stanbulda vafot etdi. Hozirgi kungacha olimning 21 ta qo'lyozma asarlarini topishgan. Uning yuqorida zikr ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 36.49 KB
Ko'rishlar soni 183 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:00 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 36.49 KB
Ko'rishlar soni 183 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga