Astrofizika, kosmologiya va koinot nurlari muammolari ma'ruza matni

Astrofizika, kosmologiya va koinot nurlari muammolari ma'ruza matni

O'quvchilarga / Astronomiya
Astrofizika, kosmologiya va koinot nurlari muammolari ma'ruza matni - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti ASTROFIZIKA, KOSMOLOGIYA VA KOINOT NURLARI MUAMMOLARI ma'ruza matni Toshkent - 2005 «Astrofizika, kosmologiya va koinot nurlari muammolari» bo'yicha yozilgan mazkur ma'ruza matni magistrlar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda mazkur bo'lim asoslari, uning maqsadi, vazifalari va ahamiyati ochib berilgan. Ushbu ma'ruza matni universitetlarning fizika fakulteti bakalvrlari va o'qituvchilari uchun ham foydalidir. Ma'ruza matni M.Ulug'bek nomidagi O'zMU o'quv - uslubiy kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan (28 iyun 199 yil 3 -sonli bayoni) Tuzuvchilar prof. Nasriddinov K.R. Taqrizchi dots. Aliyev F.K. Mas'ul muharrir dots. Rahmatov A.S. KIRISH Astrofizika, kosmologiya va koinot nurlari muammolari fani koinot nurlari hosil bo'lishi, tabiati, tadqiqot yo'nalishlari, ularning astrofizik va kosmologik jarayonlardagi roli to'g'risida tushincha beradi. Demak bu bo'limda, asosan koinot nurlari tabiati, xususiyatlari, ular bilan bo'ladigan turli jarayonlar o'rganilib, ularning astrofizik jarayonlarga ta'siri hamda olam tuzilishi bilan bog'liq kosmologik tomonlari ham qarab chiqiladi. Koinot nurlari fizikasi - koinot nurlarining hosil bo'lishi va tyezlanishi - koinot zarrachalari, ularning tabiati va xususiyatlari - kosmik fazoda, atmosferada, Yer va planetalar qobig'ida koinot zarralari bilan bo'ladigan jarayonlarni o'rganadi. Bu tadqiqotlarda yadro fizikasida yaratilgan asbob - uskunalar ishlatiladi. Lekin Yerning magnit maydoni va atmosferasi koinot zarrachalarini o'rganishda asosiy rol o'ynaydi. Baland tog' stansiyalari, havo sharlari, Yer yo'ldoshlari, raketalar, planetalararo va orbital stansiyalarning ishlatilishi koinot nurlari fizikasini geofizika va koinot fizikasi bilan chambarchas bog'laydi. Koinot nurlari astrofizikasi yo'nalishi koinotdagi radionurlanishlarni o'rganadi. Bu nurlanish radioteleskoplar yordamida o'rganiladi. Bundan tashqari rentgen va - nurlanishlar elektronlar, protonlar va yadrolar yordamida hosil bo'ladi. Bu nurlanishlar yordamida Galaktikadan tashqarida bo'lgan jarayonlarni ham o'rganish mumkin. Bundan tashqari koinot nurlari fizikasi fan - texnikaning turli sohalariga, masalan, kosmik parvozlar, yuqori energiyalar fizikasi, zarrachalar o'zaro ta'siri va ularning xususiyatlarini o'rganishga bevosita daxldordir. Dastlab 20 -asrning 30 -yillarida koinot nurlari yuqori energiyali zarralar oqimi ekanligi ma'lum bo'lgach, ularning xususitlarini o'rganishiga kirishildi. Lekin yuqori energiyali tezlatgichlar qurilishi bilan bu soha tezlatgichlar yordamida, ya'ni o'ta yuqori energiyalarda o'rganila boshlandi. Hozirgi paytda koinot nurlari fizikasi yadro fizikasi, astrofizika, kosmik fazo fizikasi, geofizika va geliofizika kabi fanlarga aloqadaor juda ko'p muammolarni o'rganadi. Endi koinot nurlarnini o'rganishning tarixiga nazar tashlasak, koinot nurlarini o'rganish gazlardagi tok o'tkazuvchanlikni o'rganishdan boshlangan. Bunda ionizatsiya kamerasi qalin qo'rg'oshin bilan to'sib qo'yilganda ham gaz ma'lum miqdorda tok o'tkazgan. Shu sababli, Vilson bu ionizatsiyani keltirib chiqaruvchi sabab yerdan tashqaridagi manba ekanligini birinchi bo'lib aytdi. 1911 - 1912 yillarda havo sharlari yordamida o'tkazilgan tajribalar balandlik oshishi bilan ionizatsiya tokining oshishini ko'rsatdi. Keyinchalik esa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 703.74 KB
Ko'rishlar soni 171 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 703.74 KB
Ko'rishlar soni 171 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga