Astronomiya bo'limlari va ularning vazifalari

Astronomiya bo'limlari va ularning vazifalari

O'quvchilarga / Astronomiya
Astronomiya bo'limlari va ularning vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Astronomiya bo'limlari va bu bo'limlarning vazifalari Astronomiya ishlatiladigon informasiyaga ko'ra, uchta bo'limga bo'linadi. Astrometriya, Osmon mexanikasi va astrofizika, astrometriya osmondagi burchaklarni o'lchashni nazariy va praktik metodlariga asoslanib, osmon jismlarini o'rnini va yerning aylanishini o'rganadi. Buning uchun osmon jismlarini pozision kuzatishlari tashkil etiladi. Astrometriyaning ikkita muhim maqsadi mavjuddir: Astronomik koordinatalar sistemasini aniqlash. Yerning aylanishi qonuniyatlarini to'la xarakterlovchi parametrlarni aniqlash. Astrometriyaning asosiy vazifasi yulduzlar va yulduzlar sistemasini harakatini o'rganish uchun, o'rinlari juda xam aniq bo'lgan yulduzlar katalogini tuzishdan iboratdir. Osmon mexanikasi butun dunyo tortishish kuchlari ta'sirida osmon jismlarini harakati qonunlarini o'rganadi, ularni orbitalarini aniqlash metodlari hamda jismlarning, osmondagi o'rnini oldindan hisoblash (efemerida tuzish) metodlarini o'rganadi. Bu masalalarni yechishda osmon mexanikasi astrometriya bilan chambarchas bog'langandir. Astrofizika kosmik jismlarning tuzulishini fizik xususiyatlarini, yulduzlar va Quyosh energiyasi manbalarini, yulduzlararo fazodagi diffuz materiyani o'rganadi. Astrofizika bu masalalarni yechishda astrometriya va osmon mexanikasi natijalariga asoslanadi. Galaktika, yulduzlar sistemasini o'rganish kabi murakkab masalalarda astronomiyaning har uch bo'limining metodlaridan foydalaniladi va bunda ba'zida yulduzlar astronomiyasi degan bo'lim xam ajratiladi. Astrofizika xam uch bo'limga: rentgen astrofizikasi, gamma-astronomiya, neytrino-astrofizikasiga bo'linadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.86 KB
Ko'rishlar soni 173 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:01 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.86 KB
Ko'rishlar soni 173 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga