O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIMI VAZIRLIGI NAVOIY VILOYAT O'RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA'LIMI BOSHQARMASI NAVOIY TEXNIKA-IQTISODIYOT KASB-HUNAR KOLLEJI ASTRONOMIYA fanidan ISHCHI O'QUV DASTUR Kirish Kirish darsida o'qituvchi, o'quvchilarga astronomiya predmeti, uning maktabda o'qitilayotgan barcha boshqa fanlar, jumladan fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix va adabiyot darslari bilan aloqasi haqida to'xtatiladi. Astronomiyaning uzoq o'tmish xalqlari tarixiy madaniyatida tutgan o'rni haqida gapirib, o'qituvchi misol tariqasida, ajdodlarimiz merosining Sharq xalqlari fani va madaniyati tarixida egallagan mavqiy bilan o'quvchilarni tanishtiradi. Astronomiyaning kosmonavtika fani bilan aloqasi masalasi, jumladan, kosmonavtikaning keng to'lqinli zamonaviy astronomiyani hamda Yer atmosferasidan tashqi astronomiyani shakllanishidagi roli haqidagi masalalar ham bu ma'ruza mazmunidan keng o'rin olmog'i lozim. Shuningdek, o'qituvchi o'zining kirish darsi bo'yicha ma'ruzasida, astronomiyani o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni (ayniqsa uning ekologik aspektida) shakllantirishdagi roliga alohida o'rin bermog'i lozim. Amaliy astronomiya masalalari qaralayotganda, o'qituvchi o'quvchilarning Тabiiyot (5-sinf) va geografiya (6-8 sinflar) darslarida ufqning tomonlarini topish, geografik koordinatalar va ularni aniqlash, vaqtni o'lchash kabi mavzularda erishgan bilimlariga tayanadi. Bu bo'limni o'qitishda taqvimlar bo'yicha tarixiy bilimlardan foydalanish ham muhim o'rin egallaydi. Quyosh taqvimlari ichida eng anig'i-Umar Хayyom taqvimiga alohida to'xtaladi. Osmon jismlarining harakati bobiga oid temalar o'qitilayotganda, o'qituvchi, o'quvchilarning Тabiyot(5-sinf), geografiya (6-8 sinflar) va fizika kurslaridan(8-9 sinflar) erishgan bilimlariga, jumladan fizikadan - jismlarning gravitatsion maydondagi harakati va ularning o'zaro ta'sirlashuviga; osmon jismlarining masofalarini va ularning o'lchamlarini hisoblashda esa, o'quvchilarning matematika bo'yicha erishgan bilimlariga tayanmog'i lozim. Astrofizik metodlar va instrumentlar bobi o'qitilayotganda, o'qituvchi o'quvchilarning fizikadan umumiy o'rta ta'lim (IX yillik) hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining quyi kurslarida erishgan yorug'lik hodisalari, nurlanish qonunlari, kvant va molekulyar fizikadan erishgan bilimlaridan keng foydalaniladi. Bu o'rinda gazlarning molekulyar-kinetik nazariyasi, modda agregat holatining o'zgarishi, issiqlik uzatish usullari, moddaning plazma holati bilan bog'liq jarayonlarga oid erishilgan bilimlar osmon jismlari atmosferalarida kechayotgan jarayonlarning fizik tabiatini va umuman astronomiya kursi mazmunini tushuntirishni asonlashtiradi. Amaliy astronomiya bo'yicha masalalar yechishda o'quvchilarning 5-9 sinflarda matematikadan trigonometrik funksiyalar, burchaklarning radian va gradiusli o'lchovlari va ularning biridan ikkinchisiga o'tish, proporsiyalar, logarifmlar va ularning xossalari, uchburchak tomonlari va burchaklarda orasidagi munosabatlar borasida erishgan bilimlari juda zarur bo'ladi. Osmon jismlarining fizik tabiati (Quyosh va yulduzlar) haqidagi bilimlarning shakllantirilishida o'quvchilarning kimyodan (8-9 sinflar) erishgan bilimlaridan keng foydalanish ham samarali natijalar beradi. Astronomiya bilan parallel holda o'qiladigan fizika kursining bo'limlarida o'rganiladigan nurlanish qonuniyatlari, yorug'liknig tezligi, uning bosimi, atom va yadro tuzilishi, elektromagnit nurlanish to'lqinlarining shkalasi, elementar zarrachalar va ko'zga ko'rinmas nurlanishlar va ularning qayd qilish metodlari, spektral analiz kabi masalalar astrofizika bo'limini o'rganish uchun asos bo'ladi. Bugungi kunda astronomiyani zamonaviy axborot texnologiyalarini ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 09:03:02
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
43.32 KB
Ko'rishlar soni
213 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Feb 2023 [ 09:03 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
43.32 KB
Ko'rishlar soni
213 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:01 ]
Arxiv ichida: doc