A.Axmedov, E.Qudratov, X.Pulatov Ta'limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. I.A.Karimov SO'Z BOSHI Mustaqil O'zbekistonimizning jahon hamjamiyatining teng huquqli mustaqil davlat sifatidagi yutuqlari qit'alar osha dunyoning turli mintaqalariga yetib bormoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O'zbekistonni iqtisodiy rivojlanishi ustivor yo'nalishlarini Respublikamizning har bir fuqarosi qalbiga jo qilib, umidbaxsh tuyg'ular sari bormoqdalar. Hozirgi paytda xalqimiz oldida turgan eng muhim vazifa, mustaqilligimizning iqtisodiy poydevorini mustahkamlab, jahonning eng ilg'or, rivojlangan demokratik davlatlari qatoridan joy olishdir. Bunday vazifalarni bajarishda ta'lim sistemasining Oliy ta'lim bosqichi ta'limining ahamiyati keskin ortishi shubhasizdir. Ta'lim kishining butun hayot yo'li davomida zarur bo'ladigan ko'nikma, malaka va madaniy saviyasini yuksaltirib boradi, bilimga intilish va dunyoqarashni shakllantirishga olib keladi. Jahon sivilizasiyasiga zalvarli turtki bergan ajdodlarimiz ilmiy merosini o'rganish yoshlarimiz ongida vatanga bo'lgan mehr tushunchalarini shakillantirish, o'qitish tizimida «Milliy model»ni takomillashtirish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash asosiy vazifalarimizdan biri bo'lmig'i lozim.Tariхiy haqiqat shuki, ajdodlarimiz qo'ygan ta'mal toshi ilm-fan ravnaqiga qo'shgan hissaliri хalqimizning qanday imkoniyatlarga ega ekanligini ko'rsatadi. Ushbu uslubiy-ilmiy ommabop qo'llanma yaratish uzoq yillik pedagogik ilmiy izlanishlar samarasida vujudaga keldi. Bugungi kunda talabalarda milliy qadriyatlarimizni shakillantirish ularda tarihiy jarayonlarni ulmiy jihatlarini izohlab berish orqalu o'quv jarayoni samaradorligini oshirish imkoniyatlari paydo bo'ladi. 1-§ ASTRONOMIYANING RIVOJLANISH BOSQICHLARI Olam tuzilish haqidagi dastlabki tasavvurlar, juda qadim zamonda eramizdan oldin bir necha minginchi yillarda, ham biror bir davlat shakllanmasdan burun vujudga kelgan edi. O'shanda olam, butun borliq yo'q narsadan yaratilgan degan tushuncha hukmronlik qilardi. Kishilar tabiat hodisalari qanday kuzatilsa, shundayligicha haqiqat sifatida qabul qilardilar. Jamiyat rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq ayrim osmon jismlari (Quyosh va Oy), yulduzlar osmoni va uning aylanishi, kishilar hayotida va olam tuzilishi va uning kelib chiqishi haqidagi tasavvurlarning rivojlanishida alohida ahamiyat kasb etgan. Dehqonchilikning ishlarida osmon xodisalari va Yerdagi xodisalar (tun va kunning almashinishi yil fasllari) orasidagi bog'lanishlarni aniqlash - muhim omillardan bo'lib xizmat qilgan. Quldorchilik jamiyatining shakllanishi, Qadim Misr, Vavilon, Xitoyda quldorchilik monarxlarining vujudga kelishi bilan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, osmon hodisalari bilan yaqindan tanishish orqaligina hal qilish mumkin bo'lgan talay masalalarniqo'o'ydi. Qadim Shaqš mamlakatlari bilan qo'shni Ioniya, grek falsafasining vataniga aylandi. Birinchi grek materialistlaridan Fales, Anaksimandr va Geraklitlarning faoliyati u yerdagi Milet va Efes shaxarlari bilan bog'liq. Fales Miletskiy (625-550y. e.o.) - birinchi grek astronomlaridan edi. U e.o. 585 yildagi Quyosh tutilishi haqida oldindan habar berdi. Yer tekis bo'lib, har tomondan suv bilan o'ralgan, dedi u. Uning aytishicha, suv dunyoning birinchi moddiy substanstiyasi. Uning shogirdi Anaksimandr (610-546 y. e.o.) fikricha Yer silindr shaklida bo'lib, ko'rinma dunyoning markazida joylashgan. Yer-suvga ham, boshqa biror ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 09:03:02
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
2.3 MB
Ko'rishlar soni
249 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Feb 2023 [ 09:03 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
2.3 MB
Ko'rishlar soni
249 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:01 ]
Arxiv ichida: doc