Bog'dod astronomiya maktabi va uning faoliyati Ummoidlar sulolasi tomonidan arab xalifati boshqarilgan davrda (661-750 y.y.) uning markazi Madinadan Damashqqa ko'chirildi. Abbosidlar sulolasi taxtga o'tirgach, 762 yili xalifatning markazi mazkur sulolaning ikkinchi xalifi Al-Mansur tomonidan poytaxt Damashqdan Bog'dodga ko'chirildi. Bog'dod poytaxt sifatida asos solingin kundan boshlab olimlar uning rivojlanishida aktiv rol o'ynadilar: shahar hududidagi geodezik o'lchashlar va qurilishlarni planlashtirish ishlarini al-Mansur saroyining taniqli olimlaridan forsiy Naubaxt, yahudiy Manassiy (keyinchalik arabcha Mashalloh nomi bilan tanilgan), astronom Umar ibn al-Farruxan at-Taboriy (tabaristonlik) aktiv faoliyat ko'rsatdilar. Ayni davrda xalifat saroyiga hindistonlik Kanaka ismli olim tashrif buyurib, xalifga hind astronomlari bergan risolalarni - siddxantlarni sovg'a qildi. Bu risolalar ichida eng nodiri mashhur hind astronomi Braxmaguptaning (VI asr) Braxmaspuxuta-siddxant asari ham bor edi. Bu asar mashhur olimlar Ibrohim al-Fazoriy va Yoqub ibn Tariq tomonidan tarjima qilinib, uning arabchalashtirishgan nusxasi Sindhind tayyorlandi. Shuningdek, Yoqub ibn Tariq Braxmaguptaning Kxandakxadyaka asarini ham ishlab chiqdi. Ko'p o'tmay al-Mansurning nevarasi (Maxdiy ismli o'g'lining o'gli) Xorun ar-Rashid (786-809 yillari xalifalik qilgan) davrida uning saroyida al-Fazoriyning o'g'li Muhammad ibn Ibrohim al-Fazoriy va Naubaxtning o'g'li al-Fadl ibn Naubaxtlar ishladilar. Al-Fadl astronomik asarlarni fors tilidan arabchaga tarjima qildi. Xalifning bosh kutubxonasiga mudirlik qildi. Xorun ar-Rashid buyrug'iga ko'ra olim al-Hajjoj ibn Yusuf al-Matar tomonidan Evklidning Boshlanish va Ptolemeyning Megale sintaksis asarlari tarjima qilindi. Xalif saroyida ishlagan Jabir al-Xayyan (725-815) meditsinadan talay asarlar yozdi va Evklidning Boshlanish hamda Ptolemeyning Al-Majistiysiga sharhlar bitdi. Xorun ar-Rashid zamonida Bag'dodda tashkil topgan Donishmandlar uyiga Abu Hasan va Salmon olimlar rahbarlik qildi. Donishmandlar uyi ning shakllanishida ar-Rashidning vaziri Yaxya ibn Xomid ibn Birman (736-805y.) katta rol o'ynadi. Xorun ar-Rashidning o'g'li al-Mamun xalifligida (813-833y.) Bag'dodda yanada yirik ilmiy maktab shakllandi. Xaliflik lavozimiga o'tirgunga qadar Xurosonga hokim bo'lgan va Marvda yashagan Mamun o'z atrofiga taniqli olimlarni to'pladi. Uning vaziri Abul Abbos al-Fadl ibn Saxl as-Saraxsiy (818 yilda o'lgan) va keyinroq uning ukasi al-Fadl al-Hasan as-Saraxsiy uning saroyida ishladi. Shuningdek, Saraxsiy xizmatida zoroastr astronom Feruzanning o'g'li Bizist ishlardi. As-Saraxsiy vafotidan so'ng xalif Mamun Bizistni o'z saroyiga ishga olib islomga kiritdi va unga Yahyo ibn Abi Mansur deb nom berdi. Yahyo ibn Abi Mansur Bag'doddagi Shamassiya rasadxonasida ishlay boshladi. Bu davrda astronomik rasadxonaning boshlig'i Abu Toyib Sanad ibn Ali ismli taniqli olim edi. Mazkur rasadxona Kanis (cherkov yoki ehrom degani) deyilib, aftidan Vavilonning osmon xudolariga sig'inuvchilarning ehromi bo'lgan. Ayni paytda Xurosonning Marvarrudiy shahridan bo'lgan Xolid ar-Marvarudiy Damashq yaqinidagi Kasiyun tog'ida xristianlarning monastiri Dayr-Murronda kuzatishlarni boshladi. Yahyo ibn Mansur, Sanad ibn Ali, Xolid ar-Marvarudiy hamda al-Abbos al-Javhariylar ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 09:03:02
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.63 KB
Ko'rishlar soni
194 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Feb 2023 [ 09:03 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.63 KB
Ko'rishlar soni
194 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:01 ]
Arxiv ichida: doc