Ejeksiyalanuvchi pulsarlar Qo'shaloq yulduzlarda hosil bo'lgan neytron yulduzi boshlang'ich vaqtlarda o'zini yosh yakka radiopulsardek tutadi. U effektiv ravishda kosmik zarralarni tezlashtiradi, bunda past chastotali elektromagnit nurlanishi va kosmik zarralar bosimi muhitni (qo'shni yulduzdan chiqayotgan) sistemadan uzoqga itaradi va yulduzdan qo'shimcha muhit oqimini hosil qilishi ham mumkin. Vaqt o'tishi bilan xuddi yakka pulsarlar kabi, bunday neytron yulduzini davri sekinlashadi. Buning natijasida yulduz tomonidan nurlanayotgan energiya intensiv kamayib boradi va qo'shni yukduz muhiti asosiy yulduz nurlanishi tomonidan endi effektiv itarishga duch kelmaydi. Sekinlik bilan qo'shni komponentadan kelayotgan gaz qo'shaloq sistemani to'ldiradi va bunday gazning ma'lum zichligidan boshlab pulsarni radionurlanishi yutiladi. Natijada neytron yulduzi radiopulsar sifatida yo'qoladi. Ma'lum qo'shaloq sistemalarda bunday hol neytron yulduzini aylanish davri 0,05-0,1s bo'lganda vujudga keladi. Neytron yulduzini radionurlanishi bo'lmagan holda u zarralarni tezlashtirishga davom etadi, tezlashtirish past chastotali radionurlanishlarning bosimi (M - neytron yulduz massasi, - qo'shni yulduz shamoli tezligini kvadrati) masofada yulduz shamoli tezligiga teng bo'lguncha davom etadi. Bunday R - masofalarda effektiv ravishda neytron yulduzini gravitatsion tortilish kuchi ta'sir etadi. Baholashlarni ko'rsatishicha bunda pulsar aylanish davrini yana bir tartibda (0,3-1 s gacha) kamaytirish kerak. Bundan keyin yulduz shamolining bir qismi neytron yulduzi yorug'likli silindriga kiradi va shunday qilib pulsar aktivligini bosadi. Pulsarning ejeksiyalanish fazasi yulduz shamoli parametrlariga, magnit maydoni kattaligiga bog'liq bo'lib, 104-108 yildan keyin tugaydi. Propeller pulsar. Muhit nurlanish silindriga kirgan vaqtning boshida, u neytron yulduzi sirtigacha yeta olmaydi. Chunki muhitga neytron yulduzdan masofaga qarab qonuniyat bilan o'zgaruvchi magnit maydoni ta'sir qiladi. Neytron yulduzidan ma'lum masofada magnit maydoni energiya zichligi va tushuvchi muhit kinetik energiyasi miqdor jihatdan teng bo'lguncha kirib, keyin muhit tormozlanadi. Maydon yulduz bilan birgalikda aylanadi va (aylanish o'qi va magnit maydon o'qi parallel holida) tushuvchi gazga xuddi propeller singari ta'sir etadi. Markazdan qochma enertsiya kuchi qattiq jismdek aylanishda tormozlanish masofasida avval gravitatsiya kuchidan ancha katta bo'ladi va muhit teskari yo'nalishda tashlanadi. Bunday holda yulduzning aylanish energiyasi va burchak momenti olinadi. Bunday tashqariga tashlanayotgan muhit yulduzga tushayotgan muhit bilan to'qnashib, yulduz yaqinida murakkab vixrli harakat vujudga keladi. Bir xil sektorlar bo'yicha muhit yulduzga tushayotgan bo'lsa, ikkinchi sektor bo'yicha muhit chiqayotgan bo'ladi (bunday harakatlarning hali miqdor nazariyasi yaratilmagan). Neytron yulduzi propeller fazasida aylanishdan sekinlashishga davom etadi. Tushuvchi muhim to'xtash masofasida markazdan qochma kuchlarning ta'siri kamayadi va shunday bir davr keladiki, bu kuch gravitatsiya tortilish kuchidan kamayadi, shundan boshlab muhit magnit maydon kuch chiziqlari bo'ylab neytron yulduz sirtiga tushadi. Neytron yulduzining oxirgi yakuniy fazasi boshlanadi. Akkretsiyalanuvchi rentgen pulsari. Neytron yulduzi xarakterli parametrlarida (neytron yulduzi orbitasida ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 09:03:02
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
55.9 KB
Ko'rishlar soni
146 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:02
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Feb 2023 [ 09:03 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
55.9 KB
Ko'rishlar soni
146 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:02 ]
Arxiv ichida: docx