Ekvatorial koordinatalarning ikkinchi sistemasi Ba'zi astronomik kuzatishlarda yoritgichning har ikkala koordinatasi o'zgarmaydigan sistemadan foydalanishga to'g'ri keladi. Buning uchun I chi ekvatorial koordinatalar siyetemasida t o'rniga ekvatorda hisoblanadigan va sutkali harakatda ishtirok etadigan ikkinchi koordinata yulduzlarning to'g'ri chiqishi α qabul qilinadi. Quyosh osmon sferasida yillik ko'rinma harakat yo'li ekliptika katta aylana bo'lib, ekvator bilan 2327 burchak tashkil qiladi (5 rasm). Ekliptika bilan ekvator γ bahorgi tengkunlik va Ω ko'zgi tengkunlik nuqtalarida kesishadi. Agar asosiy nuqta sifatida γ nuqta qabul qnlinsa unda yoritgichning og'ish aylanasigacha bo'lgan burchak ikkinchi o'zgarmas koordinata bo'ladi. -ga yoritgichni to'g'ri chiqishi koordinatasi deyiladi. U osmon sferasining aylanishiga teskari yo'nalishida γ nuqtadan boshlab o'lchanadi, 0360 intervalda soat hisobida 0hα24h intervalda o'zgaradi. Geografiya xapitalari φ va λ koordinatalar asosida chizilgan singari, yulduzlarning xaritalari (α,δ) koordinatalariga muvofiq chiziladi. Gorizontal koordinatalar (Z,h,A) va yoritgichning vaqt burchagi osmon harakatiga katnashmaydigan nuqtadan boshlab hisoblanganligi uchun osmon sferasining sutkali aylanishi tufayli uzluksiz o'zgarib boradi. Yoritgichning ekvatorial koordinatalari (α,δ) osmon sharining sutkali aylanishi natijasida o'zgarmaydi, chunki bu koordinatalar boshlab hisoblanadigan nuqtalarning o'zlari osmon aylanishiga qatnashadi. Shuning uchun yulduzlarning osmon sferasida joylashishi xaritalarini tuzishda bunday koordinatalardan foydalanish ancha qulaydir. ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 09:03:02
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.36 KB
Ko'rishlar soni
154 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:02
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Feb 2023 [ 09:03 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.36 KB
Ko'rishlar soni
154 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:02 ]
Arxiv ichida: docx