Ellinistik astronomiya. E.o. IV asrning ikkinchi yarmida, Gretsiyadan Hindistongacha bo'lgan katta hududning siyosiy hayotida katta o'zgarishlar bo'ldi. A. Makedonskiy tomonidan bosib olingan hududda yirik imperiya tashkil topib, uning emirilishi oqibatida, Yaqin va o'rta Sharqda grek madaniyati ta'sirida qator yangi mamlakatlar vujudga keldi. Grek madaniyatining Sharqqa kirib borishi va uning Hindiston va o'rta Osiyo madaniyatlarining uyg'unlashishi bilan xarakterlanadigan ellinistik davr ana shunday boshlandi. Aleksandriya kabi yirik shaharlar tarkib topdi. Bu yerda antik dunyoning eng yirik ilmiy markazi - Alekandriya kutubxonasi tashkil topdi. Uning qoshida muzey va rasadxona ochildi. Aleksandriyalik olimlar ishtirokida matematika va astronomiya sohasida katta yutuqlar qo'lga kiritildi. Aleksandriyalik Erotosfen (275-195 y.e.o.) Yer sharining aniq radiusini o'lchash metodini taklif etdi. Aleksandriya va Siena orasini 500 stadiya deb qabul qilib (1 stadiya - 155-180m.), Yer shari aylanasi uzunligini, so'ngra radiusini topdi. E.o. II asrning birinchi yarmida samoslik Aristarx, Yer, Quyosh atrofida aylanadi degan fikrni o'rtaga tashladi. «Oy va Quyoshning o'lchamlari va o'zaro masofalari» degan asarida Quyosh Yerdan, Oyga nisbatan 18-20 marta marta narida yotadi. Oy diametri, Yer diametrining 13 qismiga to'g'ri keladi, deb malum qildi. Yulduzlargacha masofa, Quyoshgacha masofadan juda uzoqligini aytib, u «Yerning Quyosh atrofidagi sferasi yulduzlargacha masofa bilan solishtirganda nuqta bilan barobar» deydi. Arximed (287-212 y.e.o.) Quyosh diametri, qo'zg'almas yulduzlar sferasi oilasining 1100 tashkil etadi deb qarab, qo'zg'almas yulduzlar bilan chegaralangan sferaga taxminan 1064 ta qum donasi sig'adi deb elon qildi. Gipparx (162-126y.e.o.) xizmatlari tufayli Aleksandriyada kuzatishlar astronomiyasi katta yutuqlarni qo'lga kiritdi. Tropik yilning uzunligini katta aniqlik bilan topildi (365d5h55m16s). U pretsessiya hodisasini ham ochdi. U aniqlagan pretsessiya kattaligi 100 yilda 1o ni, yani yiliga 36'' (haqiqiy qiymatidan 14'' kam) ni tashkil etdi. Olim Oyning parallaksini katta aniqlik bilan aniqladi, unga ko'ra Oygacha masofa 59-60 Yer radiusiga teng chiqdi Ekliptikal koordinatalar sistemasida bir necha yuzlab yulduzlarning katalogini tuzdi. Planetalarning yulduzlar fonidagi sirtmoqsimon harakatlarini tushuntirish maqsadida episikllar nazariyasini yaratdi. Yulduzlarni ravshanliklari bo'yicha farqlash maqsadida, yulduz kattaliklari tushunchasini kiritdi. Komologiya tarixida muhim hisoblangan yangilik-olam tuzilishining geotsentrik sistemasini aleksandriyalik astronom K. Ptolemey (II asr) tomonidan yaratilishi bo'ldi. o' o'zining «Megale sintaksis» (Buyuk tuzilish) asarida mazkur ta'limotni bayon qiladi. Keyinchalik arab xalifatida bu asarning arab tiliga tarjima qilinishi, Sharqda astronomiya rivojiga katta hissa bo'lib qo'shildi. Garchi unda planetalarning sirtmoqsimon harakatining sababi noto'g'ri asosda tushuntirilsada, biroq birinchi marta ko'rinma bu harakatning ko'rinmaligi aniq tan olinib, haqiqatda qanday ekanligini qidirish yo'lidagi dadil qadam edi. Aynan shunisi bilan Ptolemey kosmologiyasi alohida ahamiyat kasb etadi. ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 09:03:02
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.41 KB
Ko'rishlar soni
171 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:02
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Feb 2023 [ 09:03 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.41 KB
Ko'rishlar soni
171 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:02 ]
Arxiv ichida: docx