G'alayonlangan harakat. Davriy va asriy g'alayonlar

G'alayonlangan harakat. Davriy va asriy g'alayonlar

O'quvchilarga / Astronomiya
G'alayonlangan harakat. Davriy va asriy g'alayonlar - rasmi

Material tavsifi

G'alayonlangan harakat. Davriy va asriy g'alayonlar Agar biror kosmik jism yagona Quyosh tomonidan tortilganda edi bu jism aniq Kepler qonunlariga asosan harakat qilar edi, shunday harakatga g'alayonsiz harakat deyiladi. Xaqiqatda esa barcha kosmik jismlar xam Quyosh xam o'zaro tortishadi. Shuning uchun birorta kosmik jism xam aniq ellips, aniq parabola, aniq giperbola yoki aylana bo'yicha harakat kilmaydi. Jismlarni Kepler qonunlaridan chetlashgan xoldagi harakatlariga g'alayonlangan harakat deyiladi. Quyosh sistemasidagi jismlarni harakatidagi g'alayon juda murakkabdir, chunki bu jismlarni Quyoshga nisbatan massasi juda kichiqdir, barcha jismlarni birgalikdagi massasi Quyosh massasining 1700 qismini tashkil etadi. G'alayonni xuddi o'zgaruvchan elementli Kepler qonunlari bo'yicha harakat tarzida qarash mumkin. Jismlar orbita elementlarini g'alayonlari ikkiga bo'linadi: asriy va davriy. Quyosh sistemasidagi jismlarni asriy g'alayonlari ular orbitalarini bir-biriga nisbatan joylashishlariga bog'liq bo'lib juda katta vaqt davomida ozgina o'zgaradi. Shuning uchun elementlarni asriy g'alayonlari bitta berilgan yo'nalish bo'yicha sodir bo'lib g'alayon miqdori vaqtga bog'liq bo'ladi. Asriy g'alayonga orbitaning faqatgina ikkita elementa, chiqish tugunning uzunlamasi va perigeliy nuqtasining uzoqligi duch keladi. Davriy g'alayonlar esa jismlarni orbitalarida joylashishlariga bog'liq bu g'alayon ma'lum vaqtdan keyin takrorlanadi. Shuning uchun bu g'alayonga davriy g'alayon deyiladi. Davriy g'alayonlar o'zgaruvchan goh bir yo'nalishda goh qarama-qarshi yo'nalishda sodir bo'ladi. Orbita elementlarning deyarli barchasi davriy g'alayonga duch keladi. Sayyoralarning faqatgina chiqish tuguni uzunlamasi va perigeliy nuqtasining uzoqligi asriy g'alayonlarga duch kelganligi sababli, bu yaqin orada katta sayyoralar hozirgiday harakat qilishi aniq. Lekin Quyosh sistemasining uzoq vaqt masalan, milliard yil davomida mustahkamligi hali yechilmagan masaladir. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.12 KB
Ko'rishlar soni 183 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:02 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.12 KB
Ko'rishlar soni 183 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga