G'alayonlatuvchi kuch va g'alayonlangan harakat

G'alayonlatuvchi kuch va g'alayonlangan harakat

O'quvchilarga / Astronomiya
G'alayonlatuvchi kuch va g'alayonlangan harakat - rasmi

Material tavsifi

G'alayonlatuvchi kuch va g'alayonlangan harakat tushunchasi Tayanch iboralar: davriy g'alayon, asriy g'alayon, g'alayonlatuvchi kuch, gravimetrik metod. Reja: G'alayonlangan harakat. Davriy va asriy g'alayonlar. G'alayonlatuvchi kuch va sayyoralarning Kepler qonunlaridan chetlangan harakatlari. Oy harakatini g'alayonlatuvchi kuchi. Kosmik jismlarning massalarini aniqlash. 1. G'alayonlangan harakat. Davriy va asriy g'alayonlar Agar biror kosmik jism yagona Quyosh tomonidan tortilganda edi bu jism aniq Kepler qonunlariga asosan harakat qilar edi, shunday harakatga g'alayonsiz harakat deyiladi. Xaqiqatda esa barcha kosmik jismlar xam Quyosh xam o'zaro tortishadi. Shuning uchun birorta kosmik jism xam aniq ellips, aniq parabola, aniq giperbola yoki aylana bo'yicha harakat kilmaydi. Jismlarni Kepler qonunlaridan chetlashgan xoldagi harakatlariga g'alayonlangan harakat deyiladi. Quyosh sistemasidagi jismlarni harakatidagi g'alayon juda murakkabdir, chunki bu jismlarni Quyoshga nisbatan massasi juda kichiqdir, barcha jismlarni birgalikdagi massasi Quyosh massasining 1700 qismini tashkil etadi. G'alayonni xuddi o'zgaruvchan elementli Kepler qonunlari bo'yicha harakat tarzida qarash mumkin. Jismlar orbita elementlarini g'alayonlari ikkiga bo'linadi: asriy va davriy. Quyosh sistemasidagi jismlarni asriy g'alayonlari ular orbitalarini bir-biriga nisbatan joylashishlariga bog'liq bo'lib juda katta vaqt davomida ozgina o'zgaradi. Shuning uchun elementlarni asriy g'alayonlari bitta berilgan yo'nalish bo'yicha sodir bo'lib g'alayon miqdori vaqtga bog'liq bo'ladi. Asriy g'alayonga orbitaning faqatgina ikkita elementa, chiqish tugunning uzunlamasi va perigeliy nuqtasining uzoqligi duch keladi. Davriy g'alayonlar esa jismlarni orbitalarida joylashishlariga bog'liq bu g'alayon ma'lum vaqtdan keyin takrorlanadi. Shuning uchun bu g'alayonga davriy g'alayon deyiladi. Davriy g'alayonlar o'zgaruvchan goh bir yo'nalishda goh qarama-qarshi yo'nalishda sodir bo'ladi. Orbita elementlarning deyarli barchasi davriy g'alayonga duch keladi. Sayyoralarning faqatgina chiqish tuguni uzunlamasi va perigeliy nuqtasining uzoqligi asriy g'alayonlarga duch kelganligi sababli, bu yaqin orada katta sayyoralar hozirgiday harakat qilishi aniq. Lekin Quyosh sistemasining uzoq vaqt masalan, milliard yil davomida mustahkamligi hali yechilmagan masaladir. 2. G'alayonlatuvchi kuch va sayyoralarning Kepler qonunlaridan chetlangan harakatlari Faraz qilaylikki, uchta kosmik jism berilgan bo'lsin. M massali Q Quyosh, Quyoshdan r1 masofada m1 massali R1 sayyora, r2 masofada esa m2 massali R2 cayyora berilgan bo'lsin. Sayyoralar orasidagi masofani r bilan belgilaymiz. Barcha jismlar o'zaro butun olam tortishish qonuniga asosan tortiladi. Quyosh QR1, yo'nalishida R1 sayyora ta'siridan tezlanish olsa QR2 yo'nalishida esa tezlanishni R2 sayyora ta'siridan oladi. P1 sayyoraning Quyoshga nisbatan harakatini ko'ramiz. Bunda R1 sayyora quyidagi tezlanishlarni oladi. R1Q - yo'nalishda R1P2 - yo'nalishda ga paralel. Sayyora Quyosh tomonidan tortilishi natijasida tezlanish bilan, Kepler qonunlariga asosan harakat qilar edi. va g'alayonlatuvchi kuchlarning bergan tezlanishlari. Anashu tezlanishlarni mavjudligi sababli, sayyora Kepler qonunlaridan chetlashgan holda harakat qiladi. , 2 - ga qarama-qarshi bo'lganligi sababli g'alayonlatuvchi kuch g'alayonlatuvchi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 60.86 KB
Ko'rishlar soni 198 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:02 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 60.86 KB
Ko'rishlar soni 198 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga