G'alayonlatuvchi kuch va sayyoralarning Kepler qonunlaridan chetlangan harakatlari Faraz qilaylikki, uchta kosmik jism berilgan bo'lsin. M massali Q Quyosh, Quyoshdan r1 masofada m1 massali R1 sayyora, r2 masofada esa m2 massali R2 cayyora berilgan bo'lsin. Sayyoralar orasidagi masofani r bilan belgilaymiz. Barcha jismlar o'zaro butun olam tortishish qonuniga asosan tortiladi. Quyosh QR1, yo'nalishida R1 sayyora ta'siridan tezlanish olsa QR2 yo'nalishida esa tezlanishni R2 sayyora ta'siridan oladi. P1 sayyoraning Quyoshga nisbatan harakatini ko'ramiz. Bunda R1 sayyora quyidagi tezlanishlarni oladi. R1Q - yo'nalishda R1P2 - yo'nalishda ga paralel. Sayyora Quyosh tomonidan tortilishi natijasida tezlanish bilan, Kepler qonunlariga asosan harakat qilar edi. va g'alayonlatuvchi kuchlarning bergan tezlanishlari. Anashu tezlanishlarni mavjudligi sababli, sayyora Kepler qonunlaridan chetlashgan holda harakat qiladi. , 2 - ga qarama-qarshi bo'lganligi sababli g'alayonlatuvchi kuch g'alayonlatuvchi jismning Quyoshga va R1 sayyoraga ta'sirlarining geometrik yig'indisidan iboratdir. Rasmdan ko'rinib turibdiki, g'alayonlatuvchi kuch ya'ni g'alayonlatuvchi tezlanish g'alayonlatuvchi jismga karab yunalmagandir. G'alayonlatuvchi kuch aniq g'alayonlatuvchi jismga qarab yo'nalgan bo'ladi, agar R1 R2 jismlar Quyosh bilan bir to'g'ri chiziq ustida, Quyoshga nisbatan bir tomonda yotgan bo'lsa (quyidagi tartibda QR1R2, yoki QR2R1. Agar R1 va R2 jismlar R1QR2 tartibda bir to'g'ri chiziq ustida yetgan bulsa g'alayonlatuvchi kuch g'alayonlatuvchi jismdan yo'naltirilgan bo'ladi. G'alayonlatuvchi kuch miqdori va yo'nalishi harakat natijasida doimiy o'zgarib turadi. ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 09:03:02
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
352.88 KB
Ko'rishlar soni
171 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:02
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Feb 2023 [ 09:03 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
352.88 KB
Ko'rishlar soni
171 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:02 ]
Arxiv ichida: docx