Gerkules X-1 ning episikl va deferentlari Gerkules X-1 va Tsengavr X-3 larning rentgen nurlanishini ko'rib chiqamiz. Bu obyektlar regulyar davriylikka ega. Birinchisidan impulslar har 1,24 c - dan kelsa (rasm 5), ikkinchisidan har 4,8 c - dan keyin keladi. Uxuru sun'iy yo'ldoshi yordamida olib borilgan izlanishlarni ko'rsatilishicha impulslar orasidagi vaqt bu obyektlar uchun aniq doimiy bo'lmasdan mos ravishda ~1,7 sutka va ~2,1 sutka davr bilan sinusoidal qonun bo'yicha o'zgaradi. Bundan tashqari regulyar ravishda bu obyektlarni birinchisi uchun 6 soatga ikkinchisi uchun 12 soatga o'girilishi vujudga keladi. Ularning bu xususiyatlaridan ular qo'shaloq sistemaga kirishi kelib chiqadi. Impulslar davrining sinusoidal ravishda o'zgarishi manbaning qo'shaloq sistema orbitasi bo'ylab harakati natijasida chastotaning Dopler siljishiga bog'liq bo'lsa, o'girilishi qo'shni yulduz tomonidan tutilishi natijasida vujudga keladi. Vaqt o'tishi bilan sistema optik komponentalari shakllantirilgan edi; Gerkules X-1 uchun birdaniga Tsentavr X-3 uchun ikki yildan keyin. Gerkules X-1 manbasining koordinatalari e'lon qilingandan keyin o'sha joyda Gerkulesni HZ o'zgaruvchi yulduzi kuzatildi. U bilan manbaning shakllantirishi birdaniga bir nechta dunyo observatoriyalarida kuzatildi. HZ Gerkulesni 1907 yildan boshlab kuzatgan xodimi Y. Kurochkin bu manba optik yulduz va rentgen pulsari qo'shaloq ekanligini aniqladi. Bunda yulduzning optik minimumlari vaqt momentlari, rentgen tutilishi vaqt momentlariga mos kelishi aniqlandi. Yorqinlik egri chizig'ini analizidan optik yulduzning rentgen manbaiga qaratilgan tomonlarini yorqinligi taxminan 3 marta yuqori ekanligi aniqlandi, bundan bunday yuzaning temperaturasi qarama-qarshi tomondagisiga ko'ra yuqori ekanligi kelib chiqadi. Optik yarqirashning o'zgarishiga asosiy ulushni optik yulduzni atmosferasida rentgen nurlanishini qaytarilishi o'ynaydi. Bu effektni mexanizmi yuqorida tushuntirilgan edi. Rentgen astronomiyasining metodlari manbalarning osmon sferasidagi koordinatalarini ma'lum aniqlik bilan aniqlash imkonini beradi. Odatda tomonlarini xatosi kvadrati bir necha burchak minutlarida beriladiki, manba 90 %lik qiymatdorlik bilan o'sha yuzada joylashgan bo'ladi. Tsentavr xatosi kvadrati da yuzlab optik yulduzlar joylashgan bo'lib chiqdi. Ulardan birini shakllantirish uchun rentgen manbasi davri bilan regulyar o'zgaruvchisi axtarildi. Avvaliga shunday o'zgaruvchi yulduz topildiki, uning yorqinligi o'zgarish davri, manbaning kuzatiluvchi davridan bir necha protsentga farq qiladi. 1973 yili Polshalik astronom V. Ksheminskiy aniqladiki, taxminan 13m kattalikli yulduz xato kvadratiga joylashmagan bo'lsa ham rentgen manbasi davridan aniq ikki marotaba kichik bo'lgan yorqinligi o'zgarish davriga ega. Yulduz yarqirashi amplitudasi taxminan optik oqim kattaligini 7-10 % ini tashkil etib, yarqirash chizig'ini minimumlaridan biri manbaning rentgen tutilishiga aniq mos keladi. Bunday tebranishlarni yulduz ellipsoidalligi effekti natijasida tushuntirsak, yulduzni shakllantirish masalasi yechilgan hisoblash mumkin. O'sha vaqtdan boshlab obyekt Ksheminskiy yulduzi deb ataladi. Shunday qilib ikki rentgen pulsarlarining optik namoyon bo'lishi yuqorida bayon etilgan ikkita effect tufayli hosil bo'ladi. Gerkules X-1 ning rentgen ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 09:03:02
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.23 KB
Ko'rishlar soni
224 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:02
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Feb 2023 [ 09:03 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.23 KB
Ko'rishlar soni
224 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:02 ]
Arxiv ichida: docx