Gorizontal koordinatalar sistemasi Gorizontal koordinatalar sistemasida asosiy aylana deb matematik gorizont va asosiy nuqta sifatida janubiy nuqta S olinadi. Bu sistemada osmon sferasidagi biror nuqta yoki yoritgichning koordinatalari h balandlik va A azimut hisoblanadi. M yoritgichning balandligi deb matematik gorizontdan boshlab hisoblanuvchi mM yoyga yoki 90. Berilgan yoritgichni balandligi va zenit masofasi quyidagicha bog'langandir: z+h=900. Osmon sferasida yoritgich vertikalini o'rni A azimut bilan aniqlanadi. M yoritgichning azimuti deb S janub nuqtadan yoritgich vertikaligacha bo'lgan matematik gorizontning yoyiga aytiladi. Azimut burchak intervalda S nuqtadan boshlab osmon sferasining aylanishi bo'yicha g'arbga tomon hisoblanadi. Geodeziyada esa azimut shimol N nuqtadan sharqga tomon hisoblanadi. Geodezik A azimut astronomik azimut bilan quyidagi oddiy munosabat A=A+180 bilan bog'langan. Bu tenglikda A180 bo'lganda minus ishora olinadi. Bitta vertikal aylanada joylashgan yoritgichlarni azimuti bir xil bo'ladi. ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 09:03:02
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.9 KB
Ko'rishlar soni
220 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:02
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Feb 2023 [ 09:03 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.9 KB
Ko'rishlar soni
220 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:02 ]
Arxiv ichida: docx