Gorizontal va ekvatorial koordinatalar sistemasi

Gorizontal va ekvatorial koordinatalar sistemasi

O'quvchilarga / Astronomiya
Gorizontal va ekvatorial koordinatalar sistemasi - rasmi

Material tavsifi

Gorizontal va ekvatorial koordinatalar sistemasi Tayanch iboralar: gorizontal koordinatalar, ekvatorial koordinatalar, balandlik, azimut, og'ish koordinatasi, soat burchagi, to'g'ri chiqish koordinatasi. Reja: Gorizontal koordinatalar sistemasi. Ekvatorial koordinatalarning birinchi sistemasi. Ekvatorial koordinatalarning ikkinchi sistemasi. 1. Gorizontal koordinatalar sistemasi Gorizontal koordinatalar sistemasida asosiy aylana deb matematik gorizont va asosiy nuqta sifatida janubiy nuqta S olinadi. Bu sistemada osmon sferasidagi biror nuqta yoki yoritgichning koordinatalari h balandlik va A azimut hisoblanadi. M yoritgichning balandligi deb matematik gorizontdan boshlab hisoblanuvchi mM yoyga yoki 90. Berilgan yoritgichni balandligi va zenit masofasi quyidagicha bog'langandir: z+h=900. Osmon sferasida yoritgich vertikalini o'rni A azimut bilan aniqlanadi. M yoritgichning azimuti deb S janub nuqtadan yoritgich vertikaligacha bo'lgan matematik gorizontning yoyiga aytiladi. Azimut burchak intervalda S nuqtadan boshlab osmon sferasining aylanishi bo'yicha g'arbga tomon hisoblanadi. Geodeziyada esa azimut shimol N nuqtadan sharqga tomon hisoblanadi. Geodezik A azimut astronomik azimut bilan quyidagi oddiy munosabat A=A+180 bilan bog'langan. Bu tenglikda A180 bo'lganda minus ishora olinadi. Bitta vertikal aylanada joylashgan yoritgichlarni azimuti bir xil bo'ladi. 2. Ekvatorial koordinatalar birinchi sistemasi Bunda asosiy aylana deb osmon ekvatori va asosiy nuqta deb ekvator bilan meridianning janub tomonda kesishish nuqtasi Q olinadi. Yoritgichning o'rni og'ish va soat t burchagi bilan aniqlanadi. Yoritgich M va qutblar R va R orqali o'tkazilgan katta aylanaga yoritgichning og'ish aylanasi deyiladi. Osmon ekvatoridan yoritgichgacha og'ish aylanasi bo'ylab hisoblangan m yoyga yoritgichning og'ishi deyiladi. og'ish ekvatordan shimoliy qutbga tomon musbat janubiy qutbga tomon manfiy hisoblanadi. Soat burchagi deb ekvatorining janub tomonidan yoritgichning og'ish aylanasiga hisoblangan Q m ekvator yoyiga aytiladi. Qutbdan qaralganda t soat mili harakati yo'nalishida 0° dan 360 gacha ortib boradi. Ekvatorial koordinatalar siyetemasida M yoritgichning og'ishi o'zgarmaydi, chunki yoritgich sferada osmon ekvatoriga parallel bo'lgan aylana buylab sutka davomida harakatlanadi. Yoritgichni sutkalik aylanishi tufayli ekvatorial koordinatalar siyetemasida uning soat burchagi t o'zgaradi. Bunday o'zgarishlarning A azimutlar o'zgarishidan farqi shundaki, soat burchagi vaqtga proporsional ravishda 0 dan 360°gacha tekis o'zgaradi. Shunga asoslanib quyidagi jadvalni tuzish mumkin. 24h - 360° - (h - soat belgisi) 1h = 60m - 15° (m - minut belgisi) 4m = 1° 1S =15 (s - sekund belgisi) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 41.79 KB
Ko'rishlar soni 242 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:02 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 41.79 KB
Ko'rishlar soni 242 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga