Katta sayyoralarni teleskopda kuzatish va иlarning ba'zi fizik xarakteristikalarini aniqlash. Ishning maqsadi: sayyoralarning fizik tuzulishini o'rganish. Kerakli asbob va qo'llanmalar: Teleskop - refraktor RT yoki reflektor TMSH, astronomicheskiy kalendar (peremennaya chast), astronomicheskiy kalendar (yejegodnik), Yupiter fotosurati (7, 8, 9 - planshetlar), Saturn rasmi (10-planshet), Koordinatalarni o'lchash uchun mo'ljallangan planetografik setka (11-planshet), Veneraning fotsurati (12-planshet), lineyka yoki millimetrovka. Quyosh sistemasidagi 9 katta sayyoralardan faqat beshtasi: Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter va Saturnlargina maktab teleskoplarida kuzatilishi mumkin. Uran bilan Neptun bu teleskoplarda mos holda 6 va 8 yulduz kattaligidagi yulduzga o'xshab ko'rinadi. Pluton esa butunlay ko'rinmaydi. Sayyoralar haqidagi ma'lumotlar [7], [8] va [9] larda beriladi. Planetalarning Quyosh va Yerdan uzoqligiga bog'liq holda, ularning ko'rinma burchak diametrlari va yulduz kattaliklari o'zgarib turadi. Sayyoralarni o'quv maqsadida kuzatganda, ularning ustida ko'ringan detallari tushurilgan rasmlarini olib o'rganish qabul qilingan. Bunda, oq qog'ozga sayyora diski ko'turi oldindan chiziladi: Merkuriy, Venera, Mars disklari 25 mm, kichik dimetri 46 mm ga teng bo'lgan elliptik shakl tayyorlab qovyiladi. Tayyorlangan bu ko'turlar ichiga sayyoralar ustida kuzatilgan detallar, shu jumladan sayyoraning ko'ringan tomonini uning ko'rinmagan tomonidan ajratib turuvchi chegara - terminator chiziladi. Shuni ham aytish kerakki, kichik teleskoplarda Merkuriy va Venerani kuzatganda, ularning disklarida, terminator va fazalaridan tashqari hech narsa ко'rib bo'lmaydi. Mars esa, odatda qizg'ish rangdagi kichkinagina diska bo'lib ko'rinadi, ustida hech qanday detallarni ajratib bo'lmaydi. Faqat qulay sharoitda, Marsning ulug' ro'para turish paytlaridagina uning ustida, qutblari sohasidagi oq va ekvator sohasidagi qoramtir dog'larni ko'rish mumkin. Kuzatishlarni Yupiterdan boshlagan ma'qul. Kuzatishlar uchun u eng qiziqarli sayyora. Yupiterga qaratilgan teleskop maydonidan birinchi qarashdayoq, uning ekvatoriga paralel holda cho'zilgan qora va ekvatordan taxminan 40° teparoqda va pastroqda joylashgan xiraroq qoramtir yo'llarni ko'rish mumkin. Planeta anchagina qisilishiga egaligi (qutb diametri uning ekvatorial diametridan anchagina kichikligi) seziladi. Sayyora atrofida aylanib turadigan, uning to'rtta yo'ldoshlari juda yaxshi ko'rinadi. Yupiter yo'ldoshlarining o'rnini, sayyora diski markazida uzoqligini rasmda muntazam ravishda belgilab borsak, ular planeta atrofida aylanib turganligini payqaymiz. Yupiter yo'ldoshlarining tutilishi va sayyora diski oldidan o'tishini, deyarli har kuni kuzatish mumkin. Bu hodisalarning boshlanish va tugash vaqtlari [7] larda berilgan. Bu vaqtlarni kuzatishlarda aniq belgilab borilsa, hisoblashlar asosida oldindan ko'rsatilgan vaqt bilan hodisa ro'y bergan, haqiqiy kuzatilgan vaqtlar ayrmasi yo'ldoshlar harakati nazariyasiga tuzatma kiritish imkonini beradi. Yupiter sistemasidagi hodisalar yarim yil mobaynida kuzatib borilsa, bu hodisalarning ro'y berish vaqtlari davriy o'zgarib turgani, bu o'zgarishlar yorug'lik cheklangan tezlik bilan tarqalish tufayli vujudga kelganligi haqida xulosa chiqarish mumkin. Har bir kechada 30 minut - 1 soat oraliq bilan 2-3 rasm chizish ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 09:03:02
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
73.32 KB
Ko'rishlar soni
231 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:02
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Feb 2023 [ 09:03 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
73.32 KB
Ko'rishlar soni
231 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:02 ]
Arxiv ichida: docx