Koinot va galaktika

Koinot va galaktika

O'quvchilarga / Astronomiya
Koinot va galaktika - rasmi

Material tavsifi

Koinot va Galaktika Tun osmonidagi yulduzlar sochilgan manzara har doim va har joyda butun bashariyatni lol qoldirib keladi. Abadiylikning sirli olami hayratlangan inson nazari oldida bepoyon cheksizlik eshigini ochadi va chuqur o'yga toldiradi. Bu abadiylikda Quyosh tizimidagi sayyoralar uchib yurishadi va hozirgacha ko'plab sirlarni o'zida saqlab keladi. Bizni o'rab turgan moddiy olam, bir so'z bilan aytganda, Koinot (yunoncha dunyo, olam) deyiladi. Koinotning fazo va makonda o'lchami yo'q - cheksizdir. Koinotda materiya bir xildagi taqsimotga ega bo'lmasdan, galaktikalar, yulduzlar, sayyoralar, meteoritlar, kometalar va turli gazlar majmuasidan iborat. Galáktika deb yulduzlararo gaz, chang, qora materiya va, ehtimol, qora energiya, o'zaro ta'sir etuvchi gravitatsion kuchlari mavjud bo'lgan yulduzlarning katta tizimiga aytiladi (1-rasm). Odatda Galaktikalar umumiy og'irlik markazi atrofida aylanuvchi 10 milliondan (107) bir necha trilliongacha (1012) yulduzlarga ega bo'ladi. Alohida yulduzlar va siyraklashgan yulduzlararo muhitdan tashqari, Galaktikaning katta qismi ko'plab yulduzlar tizimi, yulduzlar to'dasi va turli tumanliklarga ega. Odatda Galaktika diametri birnecha mingdan birnecha yuz ming yorug'lik yiliga, ular orasidagi masofa esa millionlab yorug'lik yiliga teng. Galaktikalar massasining 90 % ga yaqini qora materiya va energiya ulushiga to'g'ri kelsada, bu ko'rinmas unsirlarning tabiati hali o'rganilmagan. Ko'plab Galaktikalarning markazida o'ta massiv qora teshiklarning mavjudligi to'g'risida ma'lumotlar bor. Ehtimol, Koinotning ko'rinadigan qismida 1011 ga yaqin Galaktika mavjud. Galaktiklararo bo'shliq amalda o'rtacha zichligi kub metrda moddalarning bir atomidan kam bo'lgan toza vakuum hisoblanadi. Galaktikaning elliptik, spiral va noto'g'ri shaklli uchta asosiy turi mavjud. Bizning Galaktikamiz katta disksimon shakldagi Somon Yo'li deb ataluvchi yulduzlar majmuasi hisoblanadi. Uning uzunligi 30 kiloparsekga (yoki 100 yorug'lik yili) yaqin va qalinligi 300 yorug'lik yiliga teng. Unda 3×1011 ga yaqin yulduzlar mavjud bo'lib, umumiy massasi Quyosh masasidan 6×1011 marta katta. Somon Yo'li yoki Galaktikamiz - gigant yulduzlarning tizimi bo'lib, u Quyosh, oddiy ko'z bilan ko'rinuvchi barcha yulduzlar hamda juda ko'p sonli boshqa osman jismlarini qamrab oladi. Unda 100 milliardga yaqin yulduzlar mavjud. Somon Yo'li boshqa Galaktikalarning biri hisoblanadi va u spiral galaktikalar turiga kiradi Somon yo'li likobcha singari qavariq shaklga ega. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40.69 KB
Ko'rishlar soni 162 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40.69 KB
Ko'rishlar soni 162 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga