Kosmik jismlargacha bo'lgan masofani aniqlash

Kosmik jismlargacha bo'lgan masofani aniqlash

O'quvchilarga / Astronomiya
Kosmik jismlargacha bo'lgan masofani aniqlash - rasmi

Material tavsifi

Kosmik jismlargacha bo'lgan masofani aniqlash Tayanch iboralar: parallaks, astronomik birlik, yorug'lik yili, parsek. Reja: Gorizontal paralaks. Quyosh sistemasidagi jismlargacha bo'lgan masofani o'lchash. Astronomiyada uzunlik birliklari. Sutkalik va yillik parallaks, ularni aniqlash. Quyosh paralaksi 1. Gorizontal paralaks. Quyosh sistemasidagi jismlargacha bo'lgan masofani o'lchash Quyosh sistemasidagi jismlargacha bo'lgan masofani o'lchash ularning gorizontal paralakslarini o'lchashga asoslangandir. Yerning markazidan va yuzidan M yoritgichning ko'rish yo'nalishlari orasidagi burchakcha yoritgichning sutkalik paralaksi deyiladi.Boshqacha qilib aytganda sutkalik paralaks yoritgichdan turib yerning radiusini ko'rish burchagidir. Yoritgich gorizontda bo'lganda uning sutkalik paralaksi, o'zining maksimal qiymatiga erishadi va unga gorizontal paralaks deyiladi. Rasmdan ko'rinib turibdiki yoki (11.1) Birinchi va ikkinchi formulalardan (11.2) Shuning uchun (11.3) Quyosh sistemasidagi jismlarni paralakslari uncha katta emas, masalan Quyosh uchun R=879 sayyoralar uchun 1 dan kichiqdir. Shuning uchun (11.3) formulani sinuslarini tushirib quyidagi shaklda yozish mumkin. (11.4) Yoritgich gorizontal R0 paralaksini bilgan holda ungacha bo'lgan masofani yer markazidan oson topish mumkin. (11.5) R0 - Yer ekvatorial radiusi. Oydan tashqari barcha yoritgichlar paralaksi qiymati juda kichikdir, shuning uchun (11.5) formulani o'zgartirib yozish mumkin. (11.6) buni (11.5) formulaga qo'yib, (11.7) ekanligini topamiz. (11.7) formuladan R0 qaysi birlikda berilgan bo'lsa ham o'sha birlikda aniqlanadi. Oxirgi paytlarda yoritgichlargacha bo'lgan masofa radiolakasion metod yordamida aniqlanadi, bunda (11.8) Bunda c - radioto'lqin tezligi c=300.00 kms, t - to'lqinni yoritgichga borib kelish vaqti. Yulduzlargacha bo'lgan masofa ularni yillik paralakslarini o'lchashga asoslangandir. Yulduzdan Yerning Quyosh atrofida aylanishi orbitasini o'rtacha radiusini, yulduzdan o'tkazilgan yo'nalish radiusga perpendikulyar bo'lgandagi, ko'rish burchagiga yillik paralaks deyiladi. Rasmdan ko'rinib turibdiki (11.9) yulduzlarning yillik paralakslari 1 kichiqdir, shuning uchun (11.10) yozish mumkin. a - qaysi birlikda berilgan bo'lsa o'sha birlikda o'lchanadi. 2. Astronomik uzunlik birliklari Agar kosmik jismlargacha bo'lgan masofa katta bo'lsa uni kilometrlarda o'lchash noqulaydir, chunki juda katta sonlar kelib chiqadi. Shuning uchun astronomiyada km bilan birgalikda yana quyidagi birliklardan foydalanadilar: Astromomik birlik (a.b) - Quyoshdan Yergacha bo'lgan o'rtacha masofa. Parsek (PS) - 1 yillik paralaksga mos keluvchi masofa. Yorug'lik yili, 300 kms tezlik bilan tarqaluvchi yorug'likni bir yilda bosib o'tgan yo'li. .6.=149600 km. U holda . Quyosh sistemasidagi jismlargacha bo'lgan masofa odatda a.b. o'lchanadi. Masalan Merkuriy Quyoshdan .b. masofada turadi. Quyosh sistemasidan tashqaridagi jismlargacha bo'lgan masofa esa PS, KPS larda o'lchanadi. Bu hollarda yoki yorug'lik yili aniqlanadi. 3. Kuzatishdan sutkalik va yillik paralakslarni aniqlash Faraz qilamizki M yoritgich osmon meridianidan o'tayotgan paytda bitta geografik meridianyushg ikkita O1 va O2 nuqtalardan turib Z1 va Z2 zenit masofalari o'lchangan bo'lsin. Yana faraz qilamizki, har ikki kuzatish punkti yer meridianining shimoliy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 97.67 KB
Ko'rishlar soni 190 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:03 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 97.67 KB
Ko'rishlar soni 190 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga