Mahalliy, dunyo va mintaqaviy vaqtlari Berilgan geografik meridianda o'lchangan vaqtga shu meridianning mahalliy vaqti deyiladi. Vaqt birligi sifatida Yerning o'z o'qi atrofida aylanish davri sutka olinganligi uchun va bunda berilgan meridianning barcha nuqtalari bir tekis harakat qilganligi sababli, berilgan geografik meridianning barcha nuqtalarida bahorgi tengkunlik, Quyosh gardishining markazi va o'rtacha Quyosh soat burchagi bir xil bo'ladi. Shuning uchun har bir momentda mahalliy vaqt (yulduz yoki Quyosh vaqti) berilgan meridian bo'ylab bir xildir. Geografik uzunlamalari bir-biridan λ1-λ2 bilan farq qiluvchi meridianlarning har bir nuqtasida mahalliy vaqtlar ayirmasi vaqt birliklarida ifodalangan geografik uzunlamalar ayirmasiga teng bo'ladi, ya'ni Geografik uzunlamalarni Grinvichdan, ya'ni G meridiandan sharqga tomon musbat deb hisoblash qabul qilingan. Grinvich meridianida tush payti kunduzi soat 12 deb faraz qilaylik, unda 0-chi meridiandan boshlab sharqga tomon 150, 300, 450 1800 meridianlarga o'tganimizda 15°=1h ga muvofiq mahalliy vaqtlar mos ravishda 13h, 14h, 15h 24h bo'ladi. Masalan Grinvichda I yanvar kunduzi soat 12h - ni ko'rsatsa, 180°-ni meridianda 1 yanvar tun soat 24 (I yanvar 24=0h, 2 yanvar) bo'ladi. Vaqt hisobida bir sutkada chalkashlik hosil bo'ladi. 180° li meridian tinch okean ustidan o'tib xalqaro kelishuvga muvofiq kun o'zgaradigan chiziq deb qabul qilingan. Bu chiziqdan g'arb tomonda sharq tomondagiga nisbatan kun birga ortiq bo'ladi. Masalan bu chiziqning sharqida I yanvar soat 12h bulsa, uning g'arbida xam soat 12h bo'lib ammo 2 yanvar bo'ladi. Shuning uchun kun o'zgaradigan chiziqni g'arbdan sharqga kesib o'tganda kun hisobi birga kamaytiriladi, sharqdan g'arbga tomon kesib o'tilganda birga oshiriladi. Bosh meridiandagi mahalliy o'rtacha Quyosh vaqtiga dunyo vaqti deyiladi. Astronomik har yilliklarda va taqvimlarda odatda ma'lumotlar dunyo vaqtida beriladi. Lekin kundalik hayotda mahalliy o'rtacha Quyosh vaqti bilan xam, dunyo vaqti bilan xam yashash noqulay. Chunki har bir kuzatuvchining meridianiga mos mahalliy vaqt mavjudligidan hodisalarning ketma-ketligini aniqlash uchun Yer sharining barcha nuqtalarining geografik uzunlamalarini bilish talab etiladi. Uzunlama esa hamma joyda o'lchangan bo'lavermaydi. Grinvichdan ancha uzoqda olingan meridianning mahalliy vaqti bilan dunyo vaqti orasida katta farq borligi Yer yuzining hamma joyida dunyo vaqtini qo'llash imkonini bermaydi. 1884 yildagi xalqaro kelishuvga muvofiq mintaqa vaqti tushunchasi kiritilgan bo'lib, yer yuzida shu vaqtdan foydalaniladi. Bu sistemada Yer shari 24 ta mintaqaga ajratilgan bo'lib, Grinvich observatoriyasining meridianidan taxminan 7°,5 g'arb va sharqdan utuvchi, shimoliy va janubiy qutblarni tutashtruvchi chiziqlar orasidagi zona nolinchi, mintaqa hisoblanadi. Grinvichdan 15°dan oralatib 23 ta asosiy meridianlar o'tkazilgan. Ular atrofida xam taxminan 7°,5 g'arb va sharqdan o'tib qutblarni tutashtruvchi chiziqlar o'tkazilgan. Shunday qilib 24 ta mintaqa hosil qilingan soat mintaqalari 0 ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 09:03:02
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.6 KB
Ko'rishlar soni
187 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:03
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Feb 2023 [ 09:03 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.6 KB
Ko'rishlar soni
187 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:03 ]
Arxiv ichida: docx