Neytronli yulduzlar Hisoblashlarni ko'rsatishicha massasi M~25M0 bo'lgan o'ta yangi yulduzlar portlashidan, zich massasi ~ 1.6M0 bo'lgan neytronli yadro (neytronli yulduz) qoladi. Qoldiq massasi M 1.4M0 bo'lgan, evolyutsiyasining o'ta yangi stadiyasida yetishmagan yulduzlarda ham aynigan elektronli gaz bosimi gravitatsiya kuchlarini muvozanatlay olmaganligi uchun bunday yulduz yadro zichligi holatigacha siqila boshlaydi. Bunday gravitatsion siqilishning mexanizmi xuddi o'ta yangi portlashidagi kollaps kabi bo'ladi. Bosim va temperatura shu darajada oshib ketadiki elektronlar va protonlar o'zaro quyidagi reaksiya vujudga kelishiga yaqinlashadi Neytrinolarni tashlab yuborilgandan keyin, neytronlar hosil bo'ladi. Bunday neytronlar elektronlarga ko'ra ham kichik fazoviy hajmni egallaydi. Neytronli yulduz paydo bo'lsa, uning muhitini zichligi 1014-1015grsm3 ga yetadi. Neytronli yulduzlarning xarakterli o'lchami 10-15 kmga teng bo'ladi. Ma'lum ma'noda neytronli yulduz gigant atom yadrosini hosil qiladi. Neytronlar orasidagi hosil bo'lgan bosim kuchi neytronli yulduzni keyingi kollapsiga qarshilik ko'rsatadi. Bu xuddi Oq karliklarda aynigan elektronli gaz bosimi kabi zichroq joylashgan neytronlar, yadro materiyasining bosimidan iboratdir. Bunday bosim kuchi to 3.2 M0 bo'lgan massani ushlay oladi. Kollaps jarayonida hosil bo'lgan neytrinolar obyektdan chiqib ketib uni tezlikda sovutadi. Nazariy hisoblashlarni ko'rsatishiga obyektni temperaturasi 1011 dan 109 gacha 100 sekund davomida pasayadi. Keyinchalik sovish tempi pasayadi. Temperaturaning 109 dan 108 k gacha pasayishi 100 yilda vujudga kelsa, 106 gacha pasayishi million yilda vujudga keladi. Neytron yulduzlarni o'lchami kichikligi va temperaturasini pastligi uchun ularni optik usul bilan qayd qilish juda murakkab masaladir. 1967 yilda davriy ravishda elektromagnit nurlarni nurlovchi obyektlar - pulsarlar ochilgan. Ko'pchilik pulsarlarning impulslarining takrorlanish davri 3,3·10-2 dan 4,3 s intervalida bo'ladi. Hozirgi zamon tasavvurlariga ko'ra pulsarlar massasi 1-3M๏ ga teng, diametri 10-20 kilometr bo'lgan neytronli yulduzlardan iboratdir. Faqatgina neytronli yulduz bo'lgan kompakt obyeyklargina buzilmasdan bunday tezlik bilan aylanishi mumkin. Neytronli yulduzlarni hosil bo'lishida burchak momentini va magnit maydonini saqlanishi, tez aylanuvchi kuchli magnit maydoniga ega (B~1012Gs) pulsarlarni hosil bo'lishiga olib keladi. O'ta yangi yulduz yadrosini siqilishi aylanishi burchak momentini saqlanishi bilan amalga oshsa, yadro radiusini 105 marotaba kamayishi (radiusi 1011 santimetr bo'lgan normal yulduzdan radiusi 105sm bo'lgan neytron yulduzi hosil bo'lishida), neytron yulduzi aylanish davri 1010 marotaba kamayishi kerak. Yulduzning qisilishi natijasida magnit oqimi ham saqlanishi kerak. Magnit oqimi ~BR2 (B - magnit maydon induksiya vektori) ekanligini hisobga olsak, yulduz radiusini 105 marotaba kamayishi, magnit maydon induksiyasini ~1010 marotaba kuchayishiga olib keladi. yulduz qisilishdan oldin induksiyasi ~102 - 103 Gs bo'lgan magnit maydoniga ega bo'lsa, siqilish oxirida magnit maydoni induksiyasi 1012 - 1013 Gs ga etadi. Neytron yulduzi o'qi, uning aylanish o'qiga mos kelmaydigan kuchli magnit maydoniga ega bo'ladi. ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 09:03:02
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
74.83 KB
Ko'rishlar soni
200 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:04
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Feb 2023 [ 09:03 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
74.83 KB
Ko'rishlar soni
200 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:04 ]
Arxiv ichida: docx