Olam tuzilishining geosentrik tizimi

Olam tuzilishining geosentrik tizimi

O'quvchilarga / Astronomiya
Olam tuzilishining geosentrik tizimi - rasmi

Material tavsifi

Olam tuzilishining geotsentrik tizimi Olam tuzilishi haqidagi dastlabki tasavvurlarni kadim grek mutafakkirlari berdilar. Ular olamning geometrik modelini tuzishda, osmonning, planetalar va Kuyoshning kurinma harakatlarini haqiqiy harakat deb bilib, Olam markaziga Yerni kuydilar. Ularning bu modeli tarixda olam tuzilishining geotsentrik tizimi degan nom bilan tanildi. U davrda Kuyosh, Oyning oddiy va planetalarning sirtmoksimon harakatlari, turli o'lchamdagi bu yoritgichlar yotgan geometrik sferalarning murakkab harakatlari bilan tushuntirildi. Xususan Evdoks (yer. av. IV asr) planetalarning sirtmoksimon harakatlarini 26 ta geometrik sferaning kombinatsiyalari bilan tushuntirdi. Tanikli faylasuf Aristotel (yer. av. IV asr) bu sferalar sonini 56 taga yetkazib, ularni oynadek shaffof sferalar deb tushuntirdi. Olam tuzulishining geotsentrik modeli xam birinchi marta Aristotel tomonidan taklif etildi. Eramizdan avval II asrda samoslik mashxur olim Aristarx Oyning birinchi chorak fazasida Kuyosh, Yer va Oyning harakatlari to'g'ri burchakli uchburchak hosil qilishini anglab, shu asosda Kuyoshgacha bo'lgan masofani Oygacha masofa birliklarida aniklashga harakat kildi. Garchi olim bu o'lchashlarda kattagina xatoga yul kuygan bulsada, birok shunga qaramay, u Kuyosh Oy va Yerdan xajmiga ko'ra, 300 marta kattaligini anikladi. Natijada u, Kuyosh Yerning atrofida emas, balki Yer Kuyoshning atrofida aylanadi degan g'oyani ilgari surdi. Birok u davrda bu g'oyani kullovchilar topilmay, mazkur g'oyaning umri qisqa buldi. Eramizdan avvalgi II ikkinchi asrda mashxur aleksandriyalik astronom Gipparx, planetalarning sirtmoksimon harakatlarini tushuntirishga harakat qilib, ular Yer atrofidagi katta aylanalar buylab harakatlanish bilan birga, mahalliy kichik aylana (episikl) bo'yicha xam harakatlanadilar deb uktiradi. Undan uch yarim asr keyin utgan uning yurtdoshi - aleksandriyalik K. Ptolemey olam tuzilishining geotsentrik modelini yaratishda Gipparxning episikllar nazariyasini asos qilib oldi. Ptolemeyning Olam tuzilishi to'g'risidagi geotsentrik modeli, uning Megale sintaksis (Buyuk tuzilish) asarida tula bayon kilindi. Ptolemey ishlab chikkan bu model juda murakkab bo'lib, uning soddalashtirilgan ko'rinishi -rasmda keltirilgan. Yulduzlar fonida Kuyosh, Oy va planetalarning kuzatiladigan harakat tezliklariga ko'ra, Ptolemey, Yer atrofida ularni quyidagi tartibda joylashtiradi: Oy, Merkuriy, Venera, Kuyosh, Mars, Yupiter, Saturn va nixoyat sunggi sferada kuzgalmas yulduzlar osmoni. Ptolemey taklif etgan modelda yulduzlarning chiqish va botishi, ularning yulduzli sferaning Yer atrofida aylanishi bilan tushuntiriladi. Kuyosh va Oy g'arbdan sharqka tomon bir tekis (turli tezliklarda) deferent buylab siljib boradi. Planetalarning sirmoksimon harakati, ularning episikl va deferent buylab harakatlarining kushilishidan vujudga keladi. Merkuriy va Veneraning harakatlarini tushuntirish uchun, ularning episikllarining markazi, Kuyosh va Yer markazlaridan utuvchi to'g'ri chiziqda yotadi deb kabul kildi. Planetalarning deferent buylab aylanish davrlari esa Kuyoshning Yer atrofida aylanish davriga, yani bir yilga teng buldi. Orbitalari Kuyoshning deferentidan (orbitasidan) tashqarida yotuvchi planetalarning davrlari turlicha bo'lib, ularning kaytma harakatlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.45 KB
Ko'rishlar soni 167 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:04 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.45 KB
Ko'rishlar soni 167 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga