O'lgan yulduzlarni kuzatish mumkinmi

O'lgan yulduzlarni kuzatish mumkinmi

O'quvchilarga / Astronomiya
O'lgan yulduzlarni kuzatish mumkinmi - rasmi

Material tavsifi

O'lgan yulduzlarni kuzatish mumkinmi? 1967 yilda ingliz astrofiziklari tomonidan qayd etilgan neytron yulduzi, o'z o'qi atrofida aylanuvchi va kuchli magnit maydoniga ega bo'lgan pulsardan (yuqori paragraflarga qarang) iborat. Ma'lum bo'lgan barcha radiopulsarlar 1974 yilda qayd etilganidan tashqari, toq manbadan iboratdir. Biz toq pulsarlarni asosiy faktlariga e'tibor berib, qo'shaloq va karrali pulsarlarni kengroq ko'rib chiqamiz. Hozirgi vaqtda yuzdan ziyod pulsarlar borligi aniqlangan. Pulsarlar (yuqori paragraflarda qayd etilganidek) ko'pchiligi impulsli radiopulsar singari qayd etilgan bo'lib, ulardan aniq teng vaqtli (masalan, CP 1919 manbasi chiqaradigan impulsni davri 1,33730110168±7·10-11 s ga teng) davr bilan radioimpulslar qayd etiladi. Bunday davrlarning qiymati hozirda ma'lum bo'lgan pulsarlar uchun bir necha yuzdan bir sekunddan, bir necha sekund intervalida joylashadi. Eng kichik davr 0,033 sekundga teng bo'lb, bunday davr bilan Krabovid tumanligidagi manba nur yuboradi. Pulsarlar keng spektral diapozon metrdan to santimetrgacha faqatgina NP 0532 pulsari yana optik diapozonda kuzatiladi. Vaqt o'tishi bilan pulsarlarni davri sekinlik bilan oshib boradi. Hozirgi vaqtda eng yosh NP 0532 pulsarining davri ikki marotaba 200 yil davomida oshadi. Ko'pchilik pulsarlarni davrini ikki marotaba oshish vaqti taxminan million yildan katta bo'ladi. Bunday manbalarni birinchi marotaba kuzatganlar (Xyush va boshqalar) pulsarlar neytron yulduzi ekanligini faraz qilgan edi. Haqiqatda pulsarlarni davri boshqa yulduzlarni tebranish yoki aylanish davridan anchagina kichikdir. Faqatgina kompakt neytron yulduzlarigina shunday tezlik bilan o'z o'qi atrofida aylanib, markazdan qochma inertsiya kuchlari nihoyat katta gravitatsion kuchlari borligi tufayli ularni bo'laklarga bo'lib yubora olmaydi. Pulsarning yuzida yoki uning sirtida kichik yo'nalishli diagrammaga (ya'ni kichik konusga) ega bo'lgan elektromagnit nurlanishlarni chiqaruvchi aktiv sohasi mavjuddir. Neytron yulduzi aylanayotganligi sababli bu konus uzoqdagi kuzatuvchini, neytron yulduzini o'z o'qi atrofida aylanish davriga teng vaqt intervali bilan kesadi, ana shunda bunday nurlanish kuzatuvchi tomonidan qayd etiladi. Pulsarlarning nurlanish mexanizmi ular o'qi pulsarning aylanish o'qiga mos kelmaydigan kuchli magnit maydoniga ega ekanligi bilan tushuntiriladi. Neytron yulduziga bunday kuchli (1011 - 1012 Gs) magnit maydoni qayerdan paydo bo'lgan va u nima uchun bunday tez aylanadi? Gap uning kompakt obyekt ekanligida ekan. Bizning Quyosh (uning radiusi ga teng) o'z o'qi atrofida taxminan bir oy davomida bir marotaba aylanadi. Uni taxminan radiusli obyektgacha siqilishini tasavvur eting. Aylanish momentini saqlanish qonuniga ko'ra bunday obyektning aylanish davri milliard marotaba kamayishi kerak (konkida uchuvchi figurali sportchilar o'zining aylanishini oshirish uchun qo'llarini o'ziga siqadi). Kosmik fazo sharoitida yulduzning qisilishi natijasida muzlanish deb ataluvchi effekt natijasida uning magnit momenti keskin oshishi kerak. Pulsarlarni kuchli elektromagnit nurlanish manbai ekanligini tushuntirish qoldi. Bunday manba bo'lib, neytron yulduzining o'z o'qi atrofida aylanish kinetik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.73 KB
Ko'rishlar soni 154 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:04 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.73 KB
Ko'rishlar soni 154 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga