Osmon sferasi tushunchasi Kuzatuvchiga osmon gumbazga o'xshab, havo ochiq vaqtlarda kunduzi zangori kechalari qorong'u yulduzlarga to'la bo'lib ko'rinadi. Kuzatuvchi yulduzlarning qaysi biri uzoqda qaysi biri yaqinda joylashganligini ajrata olmaydi, unga barcha yulduzlar biror radiusli gumbazning ichki sirtida joylashtirilganday bo'lib ko'rinadi. Tunda osmonda yulduzlardan tashqari oy, sayyoralar va ba'zan kometalarni ko'rish mumkindir. Yulduzlarning o'zaro nisbiy joylanishlaridagi o'zgarishini oddiy ko'z bilan bir necha yuz yillarda sezib bo'lmaydi. Kadim zamonlardan kishilar bir-biriga yaqin joylashgan yulduzlardan xayolan turli shakllar hosil qilgan va bunga har xil hayvonlarni nomini qo'ygan. Muayyan biror shakl orasidagi va uning yaqin atrofidagi yulduzlar o'sha nom bilan yulduzlar turkumi deb atalgan. XVII asrda bir turkumdagi yorug' yulduzlarni grekcha harflar bilan belgilana boshlandi. Bundan tashqari eng yorug' yulduzlarni maxsus nomlar bilan atab boshlangan, masalan, Sirius (Katta itning -si), Kapella (Aravakashning -si), Vega (Liraning -si) va xoka'zolar. Hozirgi vaqtda yulduzlar turkumi deganda yorug' yulduzlar gruppasi emas balki yulduzlar osmonining ma'lum maydonchasi tushuniladi. Osmonda bunday maydonchalar 88 ta. Yoritgichlarni osmondagi ko'rinma joylashishlarini aniqlashda osmon sferasi tushunchasidan foydalanish ancha kulay. Radiusi ixtiyoriy bo'lgan faraziy shar sirtiga osmon yoritgichlari vaziyatlarini proyeksiyalari tushirilgan, sferaga osmon sferasi deyiladi. Osmon sferasi yoritgichlarni ko'rinma joyini osmonda aniqlash uchun xizmat qiladi. ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 09:03:02
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.04 KB
Ko'rishlar soni
181 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:04
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Feb 2023 [ 09:03 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.04 KB
Ko'rishlar soni
181 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:04 ]
Arxiv ichida: docx