Osmon sferasi, uning asosiy nuqtalari va chiziqlari Tayanch iboralar: yulduzlar turkumi, zenit, nadir, gorizont, olam o'qi, ekvator, qutb, sutkalik parallel, tush chizig'i, iqlim mintaqalari, geografik koordinatalar. REJA: Osmon sferasi tushunchasi. Osmon sferasining sutkali harakati. Osmon sferasining asosiy nuqtalari va chiziqlari. Geografik koordinatalar sistemasi 1. Osmon sferasi tushunchasi Kuzatuvchiga osmon gumbazga o'xshab, havo ochiq vaqtlarda kunduzi zangori kechalari qorong'u yulduzlarga to'la bo'lib ko'rinadi. Kuzatuvchi yulduzlarning qaysi biri uzoqda qaysi biri yaqinda joylashganligini ajrata olmaydi, unga barcha yulduzlar biror radiusli gumbazning ichki sirtida joylashtirilganday bo'lib ko'rinadi. Tunda osmonda yulduzlardan tashqari oy, sayyoralar va ba'zan kometalarni ko'rish mumkindir. Yulduzlarning o'zaro nisbiy joylanishlaridagi o'zgarishini oddiy ko'z bilan bir necha yuz yillarda sezib bo'lmaydi. Kadim zamonlardan kishilar bir-biriga yaqin joylashgan yulduzlardan xayolan turli shakllar hosil qilgan va bunga har xil hayvonlarni nomini qo'ygan. Muayyan biror shakl orasidagi va uning yaqin atrofidagi yulduzlar o'sha nom bilan yulduzlar turkumi deb atalgan. XVSh asrda bir turkumdagi yorug' yulduzlarni grekcha harflar bilan belgilana boshlandi. Bundan tashqari eng yorug' yulduzlarni maxsus nomlar bilan atab boshlangan, masalan, Sirius (Katta itning -si), Kapella (Aravakashning -si), Vega (Liraning -si) va xoka'zolar. Hozirgi vaqtda yulduzlar turkumi deganda yorug' yulduzlar gruppasi emas balki yulduzlar osmonining ma'lum maydonchasi tushuniladi. Osmonda bunday maydonchalar 88 ta. Yoritgichlarni osmondagi ko'rinma joylashishlarini aniqlashda osmon sferasi tushunchasidan foydalanish ancha kulay. Radiusi ixtiyoriy bo'lgan faraziy shar sirtiga osmon yoritgichlari vaziyatlarini proyeksiyalari tushirilgan, sferaga osmon sferasi deyiladi. Osmon sferasi yoritgichlarni ko'rinma joyini osmonda aniqlash uchun xizmat qiladi. 2. Osmon sferasining sutkali harakati Agar yoritgichlarni biror vaqt mobaynida kuzatib tursak, ularning vaziyati yerdagi jismlarga nisbatan o'zgarganday bo'lib ko'rinadi. Quyosh oy va ba'zi yulduzlar sharqda chiqib g'arb tomonda botadilar. Ba'zi yoritgichlar esa shimol tomonda joylashgan qutb yulduzi atrofida aylanganday bo'lib ko'rinadi. Aylanish jarayoni barcha yoritgichlar birgalikda aylanayotganini ko'rsatadi. Osmon sferasining bu tarzda aylanishi har sutkada takrorlanib turadi. Shuning uchun unga sutkalik harakat deyiladi. Osmonning bu xil harakati ko'rinma harakatdir aslida osmon emas yer o'z o'qi atrofida teskari tomon, ya'ni g'arbdan sharqga tomon bir sutkada bir marotiba aylanib chiqadi. Biz bu harakatni sezmaymiz, chunki biz barcha yerdagi predmetlar bilan bir xil yo'nalishda bir xil tezlik bilan aylanamiz. 3. Osmon sayyorasining asosiy nuqtalari va chiziqlari Agar osmon sferasini bir tekis aylanuvchi sfera deb olsak, uning aylanishining xayoliy o'qi kuzatuvchi ko'zi va qutb yulduzi yaqinidan o'tadi ana shu o'qga olam o'qi deyiladi. Kuzatuvchinng ko'zidan o'tuvchi vertikal chiziqni ikki tomonga davom ettirsak u osmon sferasini ikki diametral qarama-qarshi nuqtalarda kesishadi. Kuzatuvchining tepasidagi nuqtaga zenit Z nuqta, unga qarama - ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 09:03:02
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
654.61 KB
Ko'rishlar soni
223 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:04
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Feb 2023 [ 09:03 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
654.61 KB
Ko'rishlar soni
223 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:04 ]
Arxiv ichida: docx