Oy taqvimlari - rasmi

Material tavsifi

Oy taqvimlari Oyning turli shakllarga ega bo'lib ko'rinishiga Oy fazalari deyiladi. Yangi Oy, birinchi chorak, to'linoy va oxirgi chorak Oyning to'rtta asosiy fazasi hisoblanadi. Bu fazalar bir-biridan taxminan bir hafta bilan farqlanadi. Ikkita bir xil fazada Oy ko'rinishi orasidagi vaqt mobayniga sinodik Oy deyiladi. Sinodik Oy davomiyligi, Oy taqvimiga asos qilib olingan, Sinodik Oy 29,53 o'rtacha Quyosh sutkasiga tengdir. Oy taqvimi hisobida yil davomiyligi 29,53x12=354 sutkaga tengdir. Bu taqvimda toq son oylar (1,3,5,7,9,11) 30 sutkadan, juft son oylar (2,4,6,8,10,12) 29 sutkadan iboratdir. Aslida, bir sinodik oyning davomiyligi 29,53059 o'rtacha Quyosh sutkasiga va yil davomiyligi 29,53059x12=354, 36706 o'rtacha Quyosh sutkasiga tengdir. Shuning uchun Oy boshi har bir taqvim yilida 0,3670 sutkaga siljib 10 yilda 3,67 sutkaga oldinroq sanalarga o'tadi. Oy taqvimida yil va oy yangi oy fazasidan boshlanishi shart. Bunday shart ba'zi yillarda qo'shimcha kunlar kiritilishi bilan bajariladi. Bunday 355 kunlik yillarga qabisa yillari deyiladi. Qabisa yillarni ajratib olishda 8 yillik turkiy sikl va 30 yillik arabiy sikl qo'llaniladi. Turkiy siklda har bir 8 yillik davrning 2,5,7 yillari kabisa hisoblanadi. Bu 8 yillik davr ichida butun son haftalar bo'lib, davr oxirida Oy boshi yana haftaning ilgarigi kunlariga to'g'ri keladi. Bu esa abadiy taqvimini tuzish imkonini beradi. Arabiy siklda 30 oy yilining 19 tasi oddiy (354 sutkalik) 11 tasi kabisa (355 sutkalik) yillar hisoblanadi. Bunda Oy va yilning birinchi kuni Oy boshiga to'g'ri kelishi uchun 2,5,7,10,13,16,18,21,24,26,29 yillarni qabisa deb hisoblash maqsadga muvofiq deb topilgan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.74 KB
Ko'rishlar soni 170 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:05 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.74 KB
Ko'rishlar soni 170 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga