Qalqonning Si tipidagi o'zgaruvchan yulduzlarni Maydanak observatoriyasida tadqiq qilish

Qalqonning Si tipidagi o'zgaruvchan yulduzlarni Maydanak observatoriyasida tadqiq qilish

O'quvchilarga / Astronomiya
Qalqonning Si tipidagi o'zgaruvchan yulduzlarni Maydanak observatoriyasida tadqiq qilish - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI Qo'lyozma huquqida UDK: 523(078) JO'RAYEV BOLQIN Qalqonning δ si tipidagi o'zgaruvchan yulduzlarni Maydanak observatoriyasida tadqiq qilish 5A440302 - Astrofizika, radioastronomiya Magistr akademik darajasini olish ucyun yozilgan DISSERTASIYA Ish ko'rib chiqildi va himoyaga Ilmiy rahbar: ruhsat berildi. prof. SH. Egamberdiyev Astrofizika kafedrasi mudiri dots. T. A. Alimov SAMARQAND-2012 Qalqonning δ si tipidagi o'zgaruvchan yulduzlarni Maydanak observatoriyasida tadqiq qilish Mundarija Kirish 1 Bob. O'zgaruvchan yulduzlar 1.1 Fizik o'zgaruvchan yulduzlar 1.2 Pulsatsiyalanuvchi yulduzlar 2 Bob. Qalqonning δ si tipidagi o'zgaruvchan yulduzlar. 2.1 Qalqonning δ si tipidagi o'zgaruvchan yulduzlarning ochilish tarixi va fizik parametrlari 3 Bob. Qalqonning δ si tipidagi o'zgaruvchan yulduzlarni Maydanak observatoriyasida kuzatish 3.1 Tadqiqot jarayonidagi kuzatuv teleskopi va apparatining xarakteristkalri 3.2 GSC-02007-00761 obyektning kuzatuvlari va tahlili. Xulosalar Adabiyotlar Kirish Tabiatda uchraydigan aksariyat yulduzlar o'z yorqinligini u yoki bu sabab bilan o'zgartirib turadi. O'zgaruvchan yulduzlar asosan uch turga bo'linadi: - Qo'shaloq va karrali yulduzlar. Bu yulduzlar o'zlarining harakati va bir-birini to'sish orqali yerdagi kuzatuvchiga o'zgaruvchan bo'lib ko'rinadi. Zich qo'shaloq yulduzlar tizimi nostatsionar yulduzlar faoliyatida muhim o'rin egallaydi. Bunday tizimlarni tashkil etuvchilari orasida modda almashinuvi ro'y berib turadi, bu esa o'z navbatida, yulduz faoliyatida keskin o'zgarishlar (masalan, chaqnashlar) hosil bo'lishiga olib keladi. Qo'shaloq sistemalarni tatqiq qilish yulduzlar evolyutsiyasini tushunish uchun katta qiziqish uyg'otadi. Ma'lumki karrali sistemalarning yulduz Yer evolyutsiyasi alohida yulduzlar evolyutsiyasidan farq qiladi. Zich qo'shaloq sistemalar alohida qiziqish uyg'otadilar, unda massa yo'qotishi (eng muhim proseduralardan biri) qo'shni yulduzlarning ko'taruvchi kuchi tufayli juda sezilarli bo'lishi mumkin. Biroq bu tekshirishlar ba'zi qiyinchliklar bilan kechadi, ularni hal qilish uchun sistemaning xaraktiristikalarining shunigdek alohida tashkil etuvchilarining (massa,tempratura, radus) parametrlarining bo'lishi zarur. Misol uchun qo'shaloq tizim orbitasi parametrlarini shuningdek tutilish momentlari va davomiyligini, har bir qo'shaloq sistema yulduzlarini yorug'lik egrisi ajralishi imkonini beruvchi orbita og'ishini bilish har bir yulduzning temperaturasi massasi va radiusini bilish yulduzning astrosismalogik modelini bilish imkonini beradi. Bundan tashqari karrali tizimlarda yanada yuqori tartibli moddalarni ko'rish imkoniyati paydo bo'ladi. - Yana shunday yulduzlar borki, ular yakka bo'lishlariga qaramay o'z yorug'liklarini o'zgartirib turadi. Bunga sabab yulduzning ichki sohalari va sirtida bo'layotgan fizik jarayonlardir. Bu turning dastlabki vakillari eruptiv o'zgaruvchan yulduzlardir. Eruptiv o'zgaruvchan yulduzlar nisbatan kichik yorqinlikka ega bo'lgan yulduzlar (asosan, mitti yulduzlar) bo'lib, ularning o'zgaruvchanligi vaqti-vaqti bilan qaytalanuvchi chaqnash ko'rinishida bo'ladi. Bunday chaqnashlar mazkur yulduzlardan plazmaning uloqtirilishi (erupsiyasi) bilan tushunturilgani uchun ham ular eruptiv o'zgaruvchan yulduzlar deb yuritiladi. Eruptiv yulduzlarning tipik vakillari yangi va o'tayangi yulduzlardir. - Pulsatsiyalanuvchi yulduzlar fizik o'zgaruvchan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 738.25 KB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 738.25 KB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga