Quyosh aktivligini organish. Ishning maqsadi: Quyoshda aktiv hodisalarni o'rganish usullari bilan tanishish. Kerakli asbob va qollanmalar: Teleskop - refraktor RT yoki meniskali teleskop TMSH, millimetrovka, Quyoshning fotosuratlari - (1-planshetlar), protuberanetslarning fotosuratlari (2-planshetlar). Adabiyotlar: [3], VII bob, 46, 50§, [1], glava X, §103; [4], glava-2. Quyosh aktivligi teleskopda vizual va fotografik usulda kuzatilishi mumkin. Vizual kuzatishlarda Quyoshning tasviri ekranga oq qog'ozga chizilgan 10 sm diametrlik aylanani to'ldiradigan qilib tushuriladi. Tasvir juda aniq ko'rinadigan bo'lgunicha asbob fokuslanadi. Quyoshning 10 sm kattalikdagi tasvirini aylanada chetga siljitmasdan, uning ustidagi dog'lar chegarasi chizilib olinadi. Refraktor - RT da kuzatganda f = 20 ram lik okulyardan foydalangan ma'qui. Reflektor - TMSH da kuzatganda 75x okulyarni qo'llagan yaxshi. Chunki bunda dog'larning soya va yarim soya sohalari aniqroq ko'rinadi. Qulay sharoitda Quyosh chetida mash'allar va granulalar ham ko'rinishi mumkin. Quyoshdagi aktiv hosilalar: dog' lar, protuberanetslar vt boshqalar statistik yo'l bilan cTrganib kelingan. Quyosh ativligini xarakterlovchi bir miqdor W - Volhf nisbiy soni deb yuritiladi. Quyosh diski ustida ko'ringan dog' gruppalarining sonini - g, dog'larning umumiy sonini f deb belgilash qabul qilingan. Volhf nisbiy soni - W = 10g + f formuladan hisoblanadi. Bu Yerda g - dog' gruppalarining soni va ayrim dog'ni ham gruppa deb hisoblagan holda hosil bo'lgan son, ya'ni gruppaga kirgan dog'larni ham hisobga olgan holda hosil bo'lgan son. Masalan, Quyoshda 3 dog' gruppasi va 8 ayrim dog' bo'lsin. Bunda g = 3+8 =11 bo'ladi. Dog' gruppalarining bittasi 4 dog', ikkinchisi 6 dog', uchunchisi 2 dog'dan iborat bo'lsin, 8 ayrim dog'ni ham hisobga olsak, misolimizda, W = 10g+f = 10x11+20 = 130 ga tengligini hisoblaymiz. Quyosh aktivligini o'rganish, har kuni (yoki 3-4 kun tengoralik bilan) Volhf sonini hisoblashni, dog' gruppalari va ayrim katta dog' laming strukturalari o'zgarib borishini o'rganishni nazarda tutudi. Bunda katta dog'lar va dog' gruppalari o'tkir uchlangan qalamda chegaralanadi, har bir kuzatishda soya va yarimsoya egallagan sohalar belgilanadi, gruppalar va dog' laming soni, o'zaro joylashishidagi o'zgarishlar kuzatib boriladi. Quyoshdagi aktiv hodisalaming haqiqiy kattaligi haqida fikr yuritish uchun, ekrandagi Quyosh tasvirining masshtabini aniqlash zarar. Quyoshning haqiqiy diametri taxminan D4=324 deb qabul qilish mumkin. Ekrandagi Quyosh diski tasvirining D - diametrini millimetrlar hisobida o'lchab olinsa, Quyosh tasvirining ekrandagi chiziqli va burchak masshtablari: .t = Dkm Dmm bo'ladi. Quyoshdagi dog'larning haqiqiy kattaligi d = doXjj, va burchak hisobidagi kattaligi d=d0x .t va burchak hisobidagi kattaligi d=d0x .t ' bo'ladi. Bu Yerda d0 - dog'ning mm larda o'lchangan ekrandagi kattaligi. Xromosferada kuzatiladigan protuberanetslarning o'zgarishi tasvirlangan fotosuratlar 2-planshetda keltirilgan. ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 09:03:02
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
37.49 KB
Ko'rishlar soni
246 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:05
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Feb 2023 [ 09:03 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
37.49 KB
Ko'rishlar soni
246 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:05 ]
Arxiv ichida: docx