QUYOSH CHAQNASHLARINI SUPERSID LOYIHASI ASOSIDA O'RGANISH Hafizov Aktam Mutaxassislik: 5А140401-Astronomiya (tadqiqot yo'nalishi bo'yicha) 1-bosqich Quyoshda yuz beruvchi Quyosh chaqnashlari va Geomagnit to'fonlar kabi tirik organizmlarga ta'sir etuvchi Quyosh faolligi bilan bog'liq bo'lgan hodisalarni qayd qilishga mo'ljallangan. Bu hodisalar Yer ionosferasi va magnitosferaga o'z ta'sirini o'tkazadi va ionosferada g'alayonlanish sodir qiladi. Qurilma: antenna, qabul qilgich va kompyuterga o'rnatilgan tovush kartasidan iborat bo'lib, ma'lumotlar maxsus dastur yordamida grafik shaklida ekranda aks etib turadi. Qurilmaning signallarni qabul qiluvchi elektronika qismi AQShning Stenford universiteti Quyosh markazi tomonidan yaratilgan bo'lib, qo'shimcha qismlari (antenna, karkas va h.k.) O'zFA Astronomiya instituti va Samarqand davlat universiteti olimlari tomonidan yaratilgan. SuperSID qurilmasi Oliy ta'lim muassasalarida amaliy mashg'ulotlar va tadqiqot ishlari uchun qo'llaniladi. SuperSID qurilmasi qayd etgan natijalar asosida Quyosh faolligi natijasida hosil bo'luvchi hodisalar haqida va ularning Yer sayyorasidagi tirik organizmlarga nechog'lik ta'sir o'tkazishi haqida xulosa qilinadi. Qurilma tayyor holda. SuperSID qurilmasi - 3 kHz dan 100 kHz gacha bo'lgan oraliqdagi radioto'lqinlarni muntazam ravishda qabul qilib turadi. Xuddi shu diapazonda dunyodagi o'nlab stansiyalar muayyan bir chastotada muntazam ravishda radioto'lqinlar tarqatadi. Ushbu radioto'lqinlar ionosferaga borib akslanadi va Yerga qaytadi. Radioto'lqinlar, shu asnoda Yer va ionosfera oralig'ida harakatlanib, Yer sharining barcha tomonlariga tarqaladi. Yerdagi stansiyalardan tarqatilgan radioto'lqinlar-ionosferaga yetib boradi va yana Yerga qaytishida o'zi bilan birga ionosferaning holati haqidagi ma'lumotlarni olib keladi. Xuddi shu ma'lumotlarni Yerning ma'lum nuqtalarida o'rnatilgan SuperSID qurilmalari qayd etadi. Qurilma antennasi o'lchami qancha katta bo'lsa shuncha ko'p ma'lumot to'planadi. SuperSID qurilmasi, O'zbekistonda: O'zFA Astronomiya institutida va SamDU Fizika fakultetida o'rnatilgan. Adabiyotlar 1. Sattarov I. Quyosh fizikasi T., FAN, 2003. 2. Martinov D. Ya. Kурс обшей астрофизики M., Наука, 1992. Ilmiy rahbar: dots.Yu.Tillayev Magistrantlarning XIV ilmiy konferensiyasi materiallari-2014 ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 09:03:02
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
774.07 KB
Ko'rishlar soni
177 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:05
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Feb 2023 [ 09:03 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
774.07 KB
Ko'rishlar soni
177 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:05 ]
Arxiv ichida: docx