Quyosh sistemasining o'lchamlari va a'zolari

Quyosh sistemasining o'lchamlari va a'zolari

O'quvchilarga / Astronomiya
Quyosh sistemasining o'lchamlari va a'zolari - rasmi

Material tavsifi

Kuyosh sistemasining o'lchamlari va a'zolari Kuyosh sistemasiga Kuyosh va planetalarning o'z yuldoshlari bilan kirishni, yulduzlarning bizning planetalarga karaganda nixoyatda uzoqda joylashganliklarini bilamiz. Malumki planetalardan eng uzogi Pluton Yerdan Kuyoshga karaganda 40 marta uzoqda joylashgan. Xatto Kuyoshga eng yaqin bo'lgan yulduz xam bizdan Plutonga nisbatan 700 marta olisdadir. Tukkizta katta planeta: Kuyosh atrofida deyarli bir tekislikda Ellipslar buylab aylanadi. Bular Kuyoshdan uzoqlashib boruvchi tartibda yani -Merkuriy; Venera; Yer; Mars; Yupiter; Saturn; Uran; Neptun va Plutondir Bulardan tashqari Kuyosh sistemasida juda ko'p mayda planetalar ( asteroidlar) bo'lib, ularning kupligi Mars va Yupiter orbitalari orasida harakatlanadi. Kuyosh atrofida siyrak gazdan tashkil topgan va juda katta xajmga ega bo'lgan kobik bilan koplangan kichik jism - kometalar xam aylanib turadi. Bulardan tashqari, Kuyosh atrofida kattaligi kum zarralaridan to mayda asteroidlarga to'g'ri keladigan son sanoqsiz meteor jismlar ellipslar buylab aylanib turadi. Planetalar oraligidagi fazo nixoyatda siyraklashgan gaz va kosmik changlar bilan tula. Undan elektromagnit nurlanish o'ta oladi. Bu nurlanishlar magnit va gravitatsion maydonlar eltuvchisidir. Kuyoshning diametri yerning diametridan 109 marta katta va massasidan taxminan 3300 marta ortik. Xamma planetalarning massasi Kuyosh massasining taxminan 0,1% ni tashkil etadi. Shuning uchun Kuyosh uzining tortish kuchi bilan Kuyosh sistemasining xamma a'zolarining harakatini boshqaradi. Planetalarning konfeguratsiyalari. Planetalar, Yer va Kuyoshning bir - biriga nisbatan o'ziga xos joylashishlari planetalarning konfiguratsiyalari deb ataladi. Planetalarning Yerdan ko'rinish shart- sharoitlari ichki va tashqi planetalar uchun har xil bo'ladi. Venera va merkuriy ichki, kolganlari tashqi planetalar hisoblanadi. Ichki planeta Yer bilan Kuyosh orqasida yoki Kuyoshning orqasida bo'lishi mumkin. Bunday vaziyatlarda planeta Kuyosh nurlarida kurinmaydi. Bunday vaziyatlarda planetaning Kuyosh bilan kushilishi deyiladi. Planeta kuyi kushilishda Yerga eng yaqin va yuqori kushilishida bizdan eng uzoqda bo'ladi. Yerdan Kuyoshga va ichki planetaga bo'lgan yo'nalishlar orasidagi burchak doimo o'tkirligicha kolib xech kachon kattalikdan ortmasligini ko'rish qiyin emas. Bunday kattalikdagi chegaraviy burchak planetaning Kuyoshdan eng katta uzolashishi deyiladi. Merkuriyning eng katta uzoqlanishi 28o ga, Veneraniki esa 48 o ga teng. Shuning uchun ichki planetalar doimo Kuyoshga yaqin bo'lgan joyda, yoki ertalab osmonning sharqiy tomonida yoki kechkurun osmonning g'arbiy tomonida kurinadi. Merkuriy Kuyoshga juda yaqin bo'lgani uchun uni bevosita ko'rinish imkoni kamdan kam tugiladi. tashqi planetalar xam Merkuriy va Veneraga uxshab Yerga nisbatan Kuyoshning orka tomonida bo'lishi mumkin, bunda ular xam Kuyosh nurlarida kurinmay ketadi. Lekin ular Yer- Kuyosh to'g'ri chizigi davomida xam bo'lishi mumkin, bu vaqtda Yer planetasi bilan Kuyosh oraligida bo'ladi. Bu konfiguratsiya rupara turish deyiladi. Bunday vaqtlarda birinchidan, planeta Yerga yaqin, ikkinchidan u yerga yoritilgan yarim shari bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.23 KB
Ko'rishlar soni 192 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.23 KB
Ko'rishlar soni 192 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga