Quyosh tizimi va uning sayyoralari haqida umumiy ma'lumotlar Koinot va Quyosh tizimining vujudga kelishi to'g'risida juda ko'p nazariyalar mavjud bo'lib, ulardan biri «katta portlash» nazariyasidir. Bu nazariyaga ko'ra dastlab butun materiya haddan tashqari yuqori haroratga ega bo'lgan bitta «nuqtada» siqilgan bo'lib, keyinchalik bu nuqta ulkan kuch bilan portlagan. Portlash natijasida barcha tomonlarga sachrab ketgan o'taissiq bulutlardan asta-sekin subatomli zarralar, vaqt o'tishi bilan atomlar, moddalar, sayyoralar, yulduzlar va, nihoyat, hayot vujudga kelgan. Bunda Koinotning kengayishi davom etgan va bu jarayon qancha uzoq davom etishi nomalum. Demak, bu nazariyaga asosan Quyosh tizimi aylanuvchi gaz-changli bulutdan hosil bo'lgan. Uning siqilishida markazi zichlashgan va keyin u Quyoshga aylangan. Quyosh tarkibiga kirgan zarrachalar o'zining harakat momentini olib kelgan. Ular aylanish o'qiga qarab harakat qilganligi sababli (yani masofa kamaygan), momentni saqlash uchun tezlik oshishi lozim edi. Protoquyosh, va keyin Quyosh tobora tezlashgan holda aylanishi lozim edi. Quyosh tizimiga 9 ta sayyora, 42 ta yo'ldosh, 50 mingdan ortiq kichik asteroidlar, sanog'i yo'q meteorit va kometalar kiradi. Ularning markazida Quyosh joylashgan bo'lib, u o'zining tizimdagi boshqa barcha osmon jismlarini o'ziga tortib turadi. Bu tizimdagi barcha jismlar o'zaro gravitatsiya (butun olam tortishish qonuni) kuchi bilan ham bog'langan. Sayyoralar ikki katta guruhga: yer guruhiga - Merkuriy, Venera, Yer va Mars - va yupiter guruhiga, yani gigant sayyoralar - Yupiter, Saturn, Uran va Neptunga bo'linadi (2-rasm). Quyosh va Quyosh tizimi sayyoralarining hajmi va massasi orasida keskin farq bor. Buni ularni qiyoslash maketidan ko'rsa bo'ladi (3-rasm). Yer guruhidagi sayyoralar nisbatan kichik o'lchamli va katta zichlikka ega (4-rasm). Ularning asosiy tarkibini silikatlar (kremniy birikmalari) va temir tashkil etadi. Gigant palanetalarda esa qattiq yuza yo'q. Uncha katta bo'lmagan yadrosidan tashqari ular vodorod va geliydan tuzilgan va gaz-suyuq holatda mavjud. Bu sayyoralarning atmosferasi asta-sekin zichlashib borib, suyuq mantiyaga aylanadi. Quyosh tizimi umumiy massasining asosiy ulushi (99,87%) Quyoshning o'ziga to'g'ri keladi. Shuning uchun Quyosh tortish kuchlari tizimidagi deyarli barcha qolgan jismlar: sayyoralar, kometalar, asteroidlar va meteorlar harakatini boshqaradi. Sayyoralar atrofida esa faqat o'zining yo'ldoshlarigina aylanadi. Chunki bunda yo'ldoshlar ushbu sayyoralarga yaqin bo'lganligi tufayli tortish kuchi Quyoshnikidan ortiq. Barcha sayyoralar Quyosh atrofida bir yo'nalishda aylanadi. Bu harakat to'g'ri harakat deyiladi. Sayyoralar orbitasi shakli bo'yicha aylanaga, orbita tekisligi esa Laplas tekisligi deb ataluvchi Quyosh tizimining asososiy tekisligiga yaqin. Ammo sayyoralar massasi qancha kam bo'lsa bu qoidadan og'ishi shuncha sezilarli bo'ladi, bu Merkuriy va Pluton misolida yaqqol ko'rinadi. Quyosh tizimi sayyoralari quyosh atrofida turli radiusda va tezlikda aylanadi. Quyosh Quyosh - bu odatdagi yulduz bo'lib, Quyosh tizimidagi barcha sayyoralar ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 09:03:02
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
260.05 KB
Ko'rishlar soni
183 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:06
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Feb 2023 [ 09:03 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
260.05 KB
Ko'rishlar soni
183 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:06 ]
Arxiv ichida: docx