Quyosh tizimi MAQSAD: Mavzu mazmuni orqali Quyoshning hossa va xususiyatlari vauning tuzilishi, shuningdek tizimning paydo bŏlishi tŏgrisidagi ilmiy bilimlarni ŏquvchilarga yetkazish. USLUBIY JIHOZLAR VA FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR Namunaviy va ishchi dasturlar, taqvim reja, globuslar, Quyosh tizimiga oid bŏlgan, rasm-seema va jadval ma'lumotlari. Adabiyotlar ruyhatda berilgan REJA: Olam haqidaumumiy tushuncha Quyoshning Galaktikada tutgan ŏrni Quyosh tizimi va uning eng muhim xususiyatlari Quyosh tizimining paydo bo'lishi haqidagi ilmiy gipotezalar Quyosh tizimida Yer va Oyning tutgan ŏrni Koinotdagi osmon jismlari: - yulduzlar, sayyoralar, sayyoralarning yuldoshlari, asteroidlar, meteoritlar va tumanliklardan iboratdir Bular doimiy holatda ichki qonuniy tizimga birlashganlar. Quyosh- yulduzlar deb ataladigan osmon jismlari katoriga kiradi. Barcha yulduzlar kabiuuzidan nur tarkatadi. Quyosh sistemasi - 9ta sayyora,ularning 51ta yŏldoshlari, minglab kichik sayyora-asteroid, millionlab kometa (grekcha- «kometos»-uzun sochli demak), meteor mahsulotlari, sayyoralar aro gazlardan iborat. Quyosh tizimi Galaktika markazidan 100 ps., Galaktika teksligidan shimolda 25 ps.uzoqlikda joylashgan. Quyosh tizimdagi hamma jismlar massasining 99,866% ini tashkil etadi. Tizimdagi eng katta sayyora Yupiterning massasi Quyosh tizimi massasining 0,09%ga teng. Quyoshning diametri-139100 km., hajmi- Yer hajmidan 1300 marta, massasi Yer massasidan 33200 marta katta. Quyosh tizimidagi sayyoralarning astronomik harakatlari bir-birlaridan farq qiladi. (jadval) Quyosh tizimi, uning xarakterli kattaliklari va xususiyatlari tŏgrisidagi ma'lumotlar juda qadimdan tŏplanib kelingan. Aristotel, Ptolomey, Muhammad al Horazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ulugbek, N.Kopernik, I.Kepler, G.Galiley, I.N'yuton, I.Kant, P.Laplas, O.Yu.Shmidt., V.G.Fesenkov, V.V.Ambartsumyan, A.P.Vinogradov Hoyl va boshqalar tomonidan Koinot-Olam-kosmos-Osmon jismlari, shu jumladan, Quyosh tizimining kelib chiqishi, harakatlari, hossa va xususiyatlari tŏgrisida yangidan-yangi ma'lumotlar tŏplangan. Quyosh tizimining eng muhim xususiyatlari quyidagilardan iborat: hamma sayyoralar Quyosh atrofida orbita hosil qilib aylanadilar; hamma sayyoralar Quyosh atrofida bir tomonga karab, ya'ni soat strelkasi harakatiga qarama-qarshi tomonga karab harakatlanadilar; hamma sayyoralar (Urandan boshqa) va ularning yŏldoshlaridan kŏpchiligi ham uzuklari atrofida soat strelkasi harakatiga qarama-qarshi tomonga aylanadi; hamma sayyoralarning orbitalari deyarli bitta tekislikda yotadi. (Merkuriyning -7, Pluton (Ekliptikaga nisbatan 17 gradusga ogishgan xolos). Sayyoralar: ichki (Merkuriy, Venera, Yer, Mars) va tashqi (Yupiter, Saturn,uran, Neptun) sayyoralarga kiritiladi. Pluton sayyorasining orbitasini Quyosh tizimining chegarasi deyilsa, Quyosh tizimining diametri - 12 mlrd. km.ga teng. Kuyoshga yaqin turgan Merkuriy sayyorasi Yerga nisbatan 7 marta kuchli, Pluton esa 890-2450 marta kuchsiz yoritiladi. Quyoshning 70% vodorod va 29% geliydan iborat. Ŏrtacha zichligi 1,41 gsm3 . Ŏz ŏqi atrofida ŏrtacha 27,35 Yer sutkasida bir marta aylanadi. Quyoshda termo-yadro reaksiyasi ketishi natijasida yorug'lik, issiqlik va elektromagnit tŏlqinlari dunyo bŏshligiga tarqaladi. Quyoshning har bir kv. sm dan 500 ta halkaro birlikdagi shamdan chiqqan energiyaga teng issiqlik tarqatadi. Quyosh radiatsiyasining umumiy ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 09:03:02
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.57 KB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Feb 2023 [ 09:03 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.57 KB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:06 ]
Arxiv ichida: doc