Quyosh tizimining mitti jismlari Asteroidlar. Ular toshsimon qattiq jismlar bo'lib, sayyoralar singari elliptik orbitalari bo'ylab harakatlanadi. Ammo bu jismlarning o'lchami oddiy sayyoralarning o'lchamidan juda kichik, shuning uchun ham ularni mitti sayyoralar deyiladi. «Asteroid» atamasi (yoki «yulduzsimon») XVII asrning taniqli astronomi Uilyam Gershel tomonidan bu obyektlarni teleskop yordamida kuzatishda tavsiflash uchun kiritilgan. Hozirgacha malum bo'lgan asteroidlarning asosiy qismi Quyoshdan 2,2-3,2 astronomik birlik (a. b.) masofasida Mars va Yupiter orbitalari orasida harakatlanadi. Hozirgacha 20 mingdan ortiq asteroidlar kashf etilgan. Bu jismlar egallagan fazoning halqali qismi Asteroidlarning bosh qambari deyiladi. O'rtacha 20 kms chiziqli orbital tezlikda bosh qambarning asteroidlari Quyoshdan uzoqligiga qarab uning atrofida 3 dan 9 yilgacha bo'lgan vaqtda bir marta aylanib chiqadi. Orbitalari tekisliklarining ekliptika tekisligiga qiyaligi 70° gacha boradi, asosan 5 - 10° oralig'ida. Eng yirik asteroid - Tsereraning o'lchami taxminan ga teng, ikkinchi o'rinda - Pallada bo'lib, uning radiusi ga yaqin, ammo ularning ko'pchiligi ancha kichik. Malum bo'lgan asteroidlarning eng kichigi ko'ndalangiga . Kometalar. Nomi yunoncha «uzun sochli» manosini anglatadi. Kometa to'g'risidagi birinchi yozma ma'lumot eramizdan oldingi 2296 yilga to'g'ri keladi. Kometalarning osmonu-falakdagi harakatini xitoylik astronomlar diqqat bilan kuzatgan. Quyosh tizimidagi bu jismlar Quyoshdan ancha uzoqdagi kuchli cho'zilgan orbitalari bo'ylab sust yorituvchi oval shaklidagi dog'lar sifatida harakatlanadi. Quyoshga yaqinlashganida ularning boshi va dumi ko'rinadi, boshining markazi yadro deb ataladi (16-rasm). Yadrosining diametri . Kometaning jajji yadrosi uning yagona qattiq qismi hisoblanadi, unda kometaning deyarli butun massasi jam-langan. Fotometrik yadroni o'rab turuvchi tumanli atmosfera koma deyiladi. Koma yadro bilan birga kometaning boshini tashkil etadi. Kometaning dumi kuyosh nuri ta'sirida yadrodan uchib chiqadigan gaz molekulalari (ionlari) va chang zarralaridan tarkib topgan bo'lib, uzunligi o'nlab million kilometrlarga etishi mumkin. Kometalar quyosh shamoli mavjudligidan darak beradi. Galley kometasi - tarixiy kometa. Eramizdan avvalga 240 yildan boshlab uning 30 marta Quyoshga yaqinlashganligi kuzatilgan. Har 75-76 yilda bir marta qaytib ko'rinadi. 1986 yili kometani beshta sayyoralararo kosmik apparatlar: «Vega-1», «Vega2» (SSR), «Djotto» (YeIH), «Suisen» va «Sakigake» (Yaponiya) kutib olishgan. Ularning bazilari kometaning boshi orqali o'tishgan. Galley kometasi yana 2061 yilda ko'rinadi. Uesta kometasi - asrimizning eng chiroyli kometasi hisoblanadi. U Quyosh nurlarida bulutni eslatuvchi uzun keng dumga ega. Boshi Venera singari yorug' bo'lgan. U bir necha qismlarga parchalanib ketgan. Shumeyker-Levi kometasi. 1992 y. kometa Yupiterning bulutli qoplamasidan 15 ming km uzoqdan o'tgan. Natijada uning yadrosi 17 bo'lakka parchalanib, 200 ming km ga tarqalib ketgan. Shu tariqa kometa Maunt Palomar observatoriyasida Yujin Shumeyker va Devid Levi tomonidan kashf etilgan. Meteorlar va meteoritlar. Osmondan tushadigan toshlar yoki ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 09:03:02
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
67.03 KB
Ko'rishlar soni
185 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:06
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Feb 2023 [ 09:03 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
67.03 KB
Ko'rishlar soni
185 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:06 ]
Arxiv ichida: docx