Quyoshning sutkalik va yillik harakatlari. Sferik trigonometriyaning asosiy formulalari Tayanch iboralar: Quyosh, sutkalik harakat, yillik harakat, elliptik kenglama, zodiak, parallaktik uchburchak. Reja: Quyoshning sutkalik harakati. Quyoshning yillik harakati. Ekliptik koordinatalar sistemasi. Sferik trigonometriyaning asosiy formulalari. Parallaktik uchburchak. 1. Quyoshning sutkalik harakati Quyosh har kuni sharqda chiqib g'arbda botadi. Bu uning sutkalik ko'rinma harakati bo'lib, Yerning o'z o'qi atrofida g'arbdan sharqga tomon aylanganidan vujudga keladi. Yer shari sutkalik aylanma harakatidan tashqari yillik harakatga ega. U Quyosh atrofini bir yilda bir marta to'la aylanib chikadi. Ammo kuzatuvchi Yerning sutkalik harakatini sezmagani kabi, uning yillik harakatini xam sezmaydi. 2. Quyoshning yillik harakati Yil davomida Quyoshning zenit uzoqligini yoki gorizontdan balandligini (ya'ni yuqori kulminasiya paytidagi balandligini) o'lchash ko'rsatadiki, uning og'ish koordinatasi +2326 dan -2326 gacha o'zgaradi va yil davomida ikki marotiba (23 sentyabr va 21 mart kunlari 0 ga teng bo'ladi. Quyoshning to'g'ri chiqish koordinatasi esa yil davomida 0 dan 360° gacha yoki soat hisobida 0h dan 24h gacha o'zgaradi. Ya'ni Quyosh yillik harakat qiladi. Bu harakat davomida u yulduzlar orasida g'arbdan sharqga tomon ko'chadi va katta aylana chizadi, bu aylanaga ekliptika deyiladi. Ekliptika tekisligi osmon ekvatori tekisligi bilan ε=2326 burchak hosil qiladi. Ekliptika tekisligiga perpendikulyar bo'lgan PP o'qga ekliptika o'qi deyiladi. P va PI nuqtalarga ekliptika qutblari deyiladi. Ekliptika tekisligi, ekvator tekisligi bilan ikki nuqtada -bahorgi tengkunlik nuqtada va Ω ko'zgi tengkunlik nuqtalarda kesishadi. 3. Ekliptik koordinatalar sistemasi Yoritgichni osmon sferasidagi o'rnini ekliptika tekisligi va bahorgi tengkunlik nuqtaga nisbatan aniqlash mumkin. Bunday tanlangan koordinatalar sistemasiga ekliptik koordinatalar sistemasi deyiladi. Ekliptika qutblari va M yoritgich orqali o'tgan PMP katta yarim aylanaga yoritgichni ekliptik kenglamasi deyiladi (6-rasm). Yoritgichni ekliptik kenglamasidagi o'rni β-ekliptik kenglamasi orqali o'lchanadi. β ekliptika tekisligidan shimoliy qutb tomon 0°dan 90°gacha, janubiy qutbi tomon 0°dan -90° gacha o'zgaradi. Yoritgich ekliptik kenglamasini osmon sferasidagi o'rni esa ekliptik uzunlama yordamida aniqlanadi. bahorgi tengkunlik nuqtadan boshlab Quyoshning yillik ko'rinma harakati tomon 0 dan 360 gacha o'zgaradi. Quyosh ekliptika bo'ylab g'arbdan sharqga tomon harakatlanadi. U ekliptika bo'ylab harakati davomida 12 yulduz turkumidan o'tadi. Bu turkumlarga zodiak (hayvonlar) deyiladi. Zodiakdagi har bir yulduz turkumida Quyosh taxminan bir oycha bo'lib, 12 oyda bu 12 yulduz turkumini ma'lum tartibda bosib o'tadi. Yerning turli kenglamalarida kuzatuvchiga Quyoshning ko'rinma harakati turlicha ko'rinadi. Bir necha xollarni ko'rib chikaylik. a) φ=900 Yerning shimoliy qutbidagi kuzatuvchi uchun, zeniti olamning shimoliy qutbi bilan, gorizonti esa olam ekvatori bilan ustma-ust tushadi. Shuning uchun Quyosh 21-martga yaqin chiqadi. Yarim yil botmasdan spiral shaklidagi yo'l orqali sutkali harakat etib ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 09:03:02
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
60.53 KB
Ko'rishlar soni
226 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:07
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Feb 2023 [ 09:03 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
60.53 KB
Ko'rishlar soni
226 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:07 ]
Arxiv ichida: docx